Radon elementi (Радон элементи)

  1. 1899-yilda ingliz olimlari E.Rеzеrford va R.Ouens radonning birinchi izotopini (Rn) olishdi.
  2. Radon – radioaktiv, rangsiz, hidsiz inеrt gaz
  3. Radonning yer osti suvlaridagi konsentratsiyasi o’zgarishiga qarab, zilzilani oldindan aytish metodi ishlab chiqilgan.

Radon meditsinada (radonli vannalar)  ishlatiladi .

  • Tish protеzi ishlab chiqarishda ba’zi bir elеmеntlar bilan aralashmasi ishlatiladi.
  • Shifobaxsh suvlarning elеktr zaryadi yoyi orqali ionlashgan radon olinadi.

Radon normal sharoitda rangeiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 71°, qaynash temperaturasi —62°, zichligi 9,9 kg/m³. Radon radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Radon radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi baʼzi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi.

Radon gaz holidagi yagona radiaktiv kimyoviy element. Tabiatda uchta izotopi bor: 220Rn,  222Rn , 119Rn ;   Radon juda kam uchraydigan element bo’lib, yer qobig’i umumiy  massasining 7∙ 10-16 %ini tashkil etadi . Bu gaz asosan radiaktiv rudalar ko’p yerda uchraydi.

1889 yilda  ingliz  olimlari E. Rezerford bilan R.Ouens radonning birinchi izotopini kashf etdilar. Shu yil eng og’ir inert gazning kashf qilingan yil sanaladi radon ba’zan emanatsiya yoki niton deb ham ataladi.

Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning α— yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil boʻlganligi sababli unga «Radon» nomi berilgan. Bu izotopni 1899-yilda nemis olimi Radon Dorn kashf kilgan. Hozirgi vaqtda Radonning 20 dan ortiq izotopi maʼlum. Radonning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jumlasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuprokda uchraydi. Normal sharoitda 1m³ havoda 7106 Radon boʻladi.

Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (Radonli vannalar) ishlatiladi (qarang Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan