Qizaqarli Savollar
“Mendeleyev va uning do’stlari”
Kunlardan bir kun Mendeleyev o’z do’stlari bilan uzoq suhbatlashib o’tirgandan so’ng, biroz ko’ngil ochish maqsadida havodagi tamaki tutunini hech qanday qiyinchiliksiz bo’sh bankaga yig’a olishini aytdi. Shunda do’sti Repin papiros chekib tamaki tutunini havoga chiqargan vaqtda u stoldagi bo’sh bankaning og’zini shisha plastinka bilan berkitadi. Bir oz vaqt o’tishi bilan mo’jiza ro’y berib, bo’sh yopiq banka oppoq “tamaki tutuni” bilan to’ladi. Shunda Mendeleyev do’sti Repinga hidlab ko’rishini taklif etadi. Repin ishonmasdan idishdagi tutunni hidlashi bilan o’zini idishdan tezda olib qochib kuchli yo’tala boshlaydi.

1-SAVOL:Bu hodisaning sababini kimyoviy jihatdan aniqlash yo’lini toping va hodisani izohlang?
2-SAVOL: Mendeleyev do’stlarini qaysi tajriba orqali chalg’itgan edi.Siz ham laboratoriyangizda bu tajribani bajarib yetarlicha xulosa chiqaring?

3-SAVOL: Nima sababdan inson hushini yo’qotganda navshatil spirt ishlatilishi sabablarini biologik jihatdan izohlang?

Javoblaringizni komentariyada yoki telegram guruhimizda qoldiring
