Qiziqarli savollar – 2 mavzu

 “Issiqxonada kimyo”

    Etilen moddasini anestezik xossasini 1908 yili bir ajoyib voqeyadan keyin bilib olishgan. Gul sotuvchi Chikagolik gulchi chinni gullarini yopilib qolish hodisasini kuzatgach. Uni aniqlash maqsadida u botanik olimni taklif etgan. Gullarni uxlashiga sababchi deb, issiqxona burchagidan ajralib chiquvchi bir noma’lum gaz deb topilgan.

1-SAVOL

Yoritgich gazni asosini qaysi gaz tashkil etishini aniqlangan

2-SAVOL

Etilen gulni uxlatib qo’yish mexanizmini tushuntirib bering.

3-SAVOL

Tibbiyotda jarrohlik operatsiyalarida umumiy narkoz sifatida ham ishlatiladi. Neftni qayta ishlash orqali va tabiiy gazdan koʻp miqdorda arzon etilen olinadi.

         Etilen – bu juda keng biologik ta’sirga ega bo’lgan birinchi gazsimon o’simlik gormoni.Etilen o’simliklarning hayot aylanish jarayonida turli xil funktsiyalarni bajaradi, shu jumladan ko’chatlarning rivojlanishini nazorat qilish, mevalarning pishishi (xususan, mevalar), kurtaklarning ochilishi (gullash jarayoni), barglar va gullarning qarishi va tushishi. Etilenni stress gormoni deb ham atashadi, chunki u o’simlikning biotik va abiotik stressga ta’sirida ishtirok etadi va uning o’simlik organlarida sintezi har xil zararlariga javoban kuchayadi. Bundan tashqari, uchuvchan gazsimon moddalar sifatida etilen turli xil o’simlik organlari va populyatsiyada o’simliklar o’rtasida tezkor aloqani amalga oshiradi, bu ayniqsa, stressga chidamlilikni rivojlantirish davrida muhimdir.

Javoblaringizni komentariyada qoldiring yoki telegram guruhimizga o’ting

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan