Ismlar bilan bog’liq elementlar
- Gadoliniy (1886 yil) – Finlandiya ximigi, Rossiya Sanlar akademiyasi muxbiri a’zosi Yu.Gadolin sharafiga atalgan.
- Kyuriy (1944)-Radiokativlik haqidagi fanning asoschisi Mariya va Peyer Kyurilar sharafiga qo’yilgan.
- Eynshteyniy (1954)-Nisbiylik nazariyasining yaratuvchisi Albert Eynshteyn sharafiga qo’yilgan.
- Fermiy-(1954) trans-uran elementlarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarni boshlab bergan va atom energiyasini o’rganishda katta hissa qo’shgan italyan fizigi Enriko Fermi sharafiga qo’yilgan.
- Mendeleyeviy-(1955) Amerika tadqiqotchilari hosil qilgan elementni ulug’ rus olimi Mendeleyev sharafiga qo’yilgan.
- Lourensiy (1961) siklotron (atom yadrosini zarrachalarga ajratadigan apparatlar ixtirochisi va bir qancha trans-uran elementlari olingan Berklidagi (AQSH) radiatsiya laboratoriyasi asoschisi bo’lmish amerikalik olim Ernost Lourens nomiga qo’yilgan.
- Rezerfordiy
- Nobeliy
- Bor

Geografik nomlar bilan atalgan elementlar
- Yevropiy (1901) Yevropa qit’asi nomiga
- Ameritsiy (1944) Amerika qit’asi nomiga
- Galliy (1875) fransuz kimyogari Lekok de-Buabodran tomonidan yaratilgan va u o’z vatanining o’ta asrdagi lotincha atamasi-Galliy nomi bilan atalgan.
- Germaniy (1886) nemis kimyogari Vinkler topgan va vatani nomiga qo’ygan.
- Ruteniy (1844) rus olimi Klaus Rossiyaning lotincha nomi –Ruteniya bilan atagan.
- Tuliy (1879) shved kimyogari Kleve topgan.Shvetsiya egallagan Skandinaviya yarim orolining shimoliy viloyati nomi bilan atagan Tule deb atalgan.
- Poloniy (1898) er-xotin Kyurilar tomonidan topilgan bo’lib, vatani Polshaning lotincha nomi –Poloniya bilan atagan.
- Fransiy (1939) fransuz kimyogari Margarit Perey vatani nomi bilan atalgan.
- Lyutetsiy (1907) fransuz kimyogari Urben topib, Parijning lotincha –Lyutensiya nomiga qo’ygan.
- Gafniy (1932) Daniayalik kimyogarlar Xeveshi va Kosterlar kashf etib, Daniya poytaxti-Kopengagenning lotincha nomi-Gafniya bilan atagan.
- Skandiy (1879) Shvetsiya olimi Nilson Skandinaviya yarim oroli nomiga qo’ygan.
- Mis (qadimdan ma’lum) Kipr oroli nomiga qo’yilgan.
- Magniy (1808) Devi kashf etgan Gretsiayaning Magneziya shahriga yaqin yerdan topilgan birikmalarda uchragan.
- Kaliforniy (1950) Kaliforniya unversiteti olimlari hosil qilib o’z shtati sharafiga atashgan (Tomson)
- Reniy (1925) Reyn daryosi va Reyn viloyati nomlaridan olingan.
- Ittriy (1794) Shvetsiyaning Itterbiy degan joyi yaqinidan qazib olingan nodir elementlarga boy jinslardan topilgan.
- Terbiy (1934) Shvetsiyaning Itterbiy degan joyi yaqinidan qazib olingan nodir elementlarga boy jinslardan topilgan.
- Erbiy (1843) Shvetsiyaning Itterbiy degan joyi yaqinidan qazib olingan nodir elementlarga boy jinslardan topilgan.
- Itterbiy (1878) Shvetsiyaning Itterbiy degan joyi yaqinidan qazib olingan nodir elementlarga boy jinslardan topilgan.
- Berkliy (1950) AQSHning Berkli shahridagi radiatsiya laboratoriyasida hosil qilinib, shu shahar nomi bilan atalgan.
- Golmiy Stokgolm shahri sharafiga qo’yilgan

Osmon jismlari nomi bilan atalgan elementlar
- Geliy (1868) Spektral analiz yordamida quyoshda topilgan “gelios-quyosh”
- Selen (1817) grekcha “selena-oy” nomidan olingan
- Palladiy (1803) pallada-kichik planeta nomidan olingan
- Tellur (1782) lotincha tellus so’zidan kelib chiqqan bo’lib “yer” so’zidan olingan
- Seriy (1803) kichik planeta serera nomidan kelib chiqqan.
- Oltin (qad.ma’l) aurum degan nomi Koinot yog’dusi nomi bilan bog’liq bo’lib, lotincha auros-tong shafag’i demakdir.
- Uran (1798) planeta nomiga qo’yilgan.
- Neptuniy (1787) planeta nomiga qo’yilgan
- Plutoniy (1941) planeta nomiga qo’yilgan

Mineral va murakkab modda nomidan olingan elementlar
- Litiy (1807) grekcha “litos-tosh” so’zidan qattiq mineral tarkibidan iborat.
- Berelliy (1793) berill minerali nomiga qo’yilgan.
- Bor (1908) bura minerali tarkibidan topilgan va lotincha “boraks”
- Natriy (1807) kir sodaning arabcha nomi “natrium” so’zidan olingan.
- Alyuminiy (1825) achchiqtosh mineralidan “lotincha-alyumen”

