Viktorina
VIKTORINA SHARTLARI
- Muammoli vaziyatni kim yechadi. 1 min
- Bilts-o’yin (Savol-javob)…..20 min
- Siz kimyo laboratoriyasida…5 min
- Elementlarni bilasizmi…. 10 min
- Xotira mashqi…. 20 min
- Siz kuchli kimyogarmi….10 min
- Pantamima…..10 min
Har bir shart uchun 10 baldan ajratiladi.
Ko’zga ko’rinmaydigan xat yozish uchun yarimta limon, paxta, gugrt, 5-10 ml suv, bir varoq oq qog’oz kerak bo’ladi.Toza suvga limonni siqib, siyoh tayyorlanadi, gugurt cho’pi uchiga paxtani o’rab, yozuv quroliga aylantiriladi, uni siyohga botirib, qog’ozga xat yoziladi yoki rasm chiziladi.Qog’oz havoda quriganda yozuv ko’rinmaydi.Yozuvni o’qish uchun yonib turgan lampochkaning issig’iga biroz tutilsa, rangsiz yozuv qora rangga aylanadi.Ayting-chi, qora yozuv paydo bo’lishiga sabab nima?
Javob:Limon sharbati-limon kislotasi, u uglevodorodli bo’lgani uchun issiqlik ta’sirida oksidlanib ko’mirga aylanadi.
MUAMMOLI VAZIYATNI KIM YECHADI.
I guruh
Sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda zavod va bug’ qozonlaridan ajralib chiqqan gazlar tufayli kislotali yomg’ir yog’adi. Aytingchi kislotali yomg’ir tarkibida qaysi gazlarning eritmasi bo’ladi?
Javob: Azot, uglerod va oltingugurt oksidlari
Odamni chumoli chaqqanda tana chumoli kislotasi bilan zaharlanadi. Og’rigan joyga nashatir spirt surtilsa, og’riq yo’qoladi. Buning sababi nimada?
Javob: chumoli kislotasi nashatir spirt bilan reaksiyaga kirishib neytrallangach, og’riq to’xtaydi.
1783-yilda fransuz olimi Sharl osmonga birinchi havo sharini uchirdi. Do’stlari undan shar ichida qanday gaz joylashtirlganini so’radilar. Shunda olim:-Men joylashtirgan gaz Selsiy bo’yicha -259ᴼC da qattiq moddaga aylanadi, dedi.Ayting-chi, olim qaysi gazni nazarda tutgan?
Javob:Vodorod gazi.
II guruh
Tabiiy gaz tarkibida azot bo’lmaydi.Lekin uni qozonxona o’txonasida yoqqanda uning tutuni tarkibida azot oksidlari uchraydi.Azot oksidi tutun tarkibida qanday hosi bo’ladi?
Javob: Gaz yaxshi yonishi uchun o’txonaga tarkibida azot va kislorod bo’lgan havo beriladi.
Qadimda oltingugurt sifatini bilish maqsadida bir bo’lagini qo’lda siqib ko’rib, quloqqa tutib ko’rishgan.Agar oltingugurt biroz qirsirlagan tovush chiqarsa, sifatli, tovush chiqarmasa, sifatsiz hisoblangan va ishlatilmagan.Aytingchi, toza oltingugurt nima uchun qarsillaydi?
Javob: oltingugurt qo’lda isiydi va turli temperaturali uchastkalar paydo bo’ladi. Natijada kuchlanish yuzaga keladi va kuchsiz tovush eshitiladi.
Avstraliyaliklar dizel yoqilg’isiga 15 % spirt qo’shib ixtiro etgan yoqilg’i hozir ishlatilayotgan yoqilg’iga nisbatan eng toza hisoblangan va atmosfera ifloslanishi 20 % ga kamaygan. Bu spirt qanday spirt bo’lishi mumkin?
Javob: etil spirt.
“Ha” yoki “Yo’q” o’yini
O’yinda 2 nafar o’quvchi ishtirok etadi.Ular savollarga ha yoki yo’q deb javob berishlari lozim:
- Argentina kumush sharafiga qo’yilganmi? (Ha)
- Platina “chirigan oltin”, “qurbaqa oltini” “Kumushvoy” deb atalganmi (Ha)
- Afsonaga ko’ra, Yaratgan tomonidan barcha narsalarni oltinga aylantira olish qobilyati berilgan hukumdor Dionismi? (yo’q Midas)
- Isaakiyev Soboriga oltin suvi yugurtirish ishlarida 60 kishi halok bo’lganmi? (Ha)
- Davriy sitemada yo’q element bormi? Ha (Tc)
- Mendeleyevning asl familyasi Mendeleyevmi? Yo’q . Sokolov
- Vodorodni metalli bormi? Ha
- Metallar bo’risi simobmi? Yo’q
- Mis orol nomiga qo’yilganmi? Ha
- Dubna shahri sharafiga element bormi? Ha
SIZ KIMYO LABORATORIYASIDA…
Bunda ikki guruhdan ikki talaba chiqadi va ularga ovozsiz video ko’rsatiladi.Talaba unda ko’rgan videolavhani to’liq yozib berishi kerak.
ELEMENTLARNI BILASIZMI…
Ikki guruhga ikki metal beriladi guruhlar berilgan metallarga ma’lumotlarni yozib beradi biri yozgan ma’lumotlarni ayta olishi kerak!
Eng ko’p ma’lumotni aytgan guruh g’olib hisoblanadi!
XOTIRA MASHQI…
7 talaba bir-biri aytgan ma’lumotni takrorlab ayta olishi kerak!
SIZ KUCHLI KIMYOGARMI !!!
Bu shartda ikki talab ishtirok etadi.
Berilgan kimyoviy terminlardan foydalanib murakkab masala tuzib ikkinchi talabaga beradi qaysi talaba masalani to’g’ri eng oson yo’l bilan ishlasa va uni tushuntirib bera olsa u kuchli kimyogar deb topiladi?
Masalani tuzishda kimyoni tabiat, inson, va boshqa fanlar bilan bo’glashi kerak?
I-guruhga
Reaksiya unumi, foiz, tibbiyot, H2O2,
gr, KMnO4, konsentratsiya, sitexiometrik nisbat.
II-guruhga
NH3 eritmasi, sariq rangli cho’kma, massa, zichlik, Ag, havo, inson, massa ulush.
PANTAMIMA
- Elementlar
W, Au, P, Mg, S, N, C, Os, Hg,
- Kimyogar olimlar
Mendeleyev, Devi, Avogadro, Le-Shateli, Lomonosov, Kekule,
- Kimyoviy moddalar
KClO3, H2S, NaCl, CO2, CaCO3, SiO2, Ca2(PO4)3
- Kimyoviy idishlar
Shtativ, kolba, tarozi, pensit, shpatel, spirt lampasi, probirka, chinni haovoncha, byuretka, tiqin, pipetka, ko’zoynak,
Muammoli vaziyatni kim yechadi.
Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun? Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.
Amerikaning Texas shtatida kichik shahar — Sonoredagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.O‘t o‘chiruvchilar qanchalik harakat qilmasinlar yong‘in avjiga chiqdi.
Odamlar yong‘in ichida qolgan bolalani qutqarish uchun jon-jahdlari bilan o‘zlarini o‘t ichiga ura boshlaydilar.
Yong‘in avj olgan vaqtda:
— Janob boshliq! Sisternalardagi suv tugadi. Endi nima qilamiz? — deb o‘t o‘chiruvchilarning biri hovliqqanicha o‘t o’chiruvchilar komandasi boshlig‘ining oldiga keladi.
— Endi nima qilish kerak? — deb o‘ylanib atrofiga ko‘z tashlaydi boshliq. Shunda birdan uning ko‘zi shiypon tagidagi bir necha katta bo‘chkalarga tushadi. Bu bo‘chkalarda hali to’liq yetilmagan vino bor edi. Boshliq o‘ylab o‘tirmasdan tezda suv o‘rniga bu vinoni yong‘inga qarshi sepishni buyuradi.
O‘t o‘chiruvchilar vinoni sepganlarida kutilmagan hodisa ro‘y beradi, avj olayotgan yong’in sekin-asta pasayib boradi va nihoyat o’chadi.
Shunday qilib, shahar aholisi yetilmagan uzum vinosi o‘t o‘chirish xususiyatiga ega ekanligini bilib oldi.Nima uchun yetilmagan uzum vinosi suvga nisbatan yong‘inni yaxshi o ‘chiradi? Bu savol sizga, aziz o‘quvchilar!
Javob: Yetilmagan vinoning bijg‘ishi natijasida ko‘p miqdorda karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid esa eng yaxshi o‘t o‘chiruvchi vositadir.
Xitoy imperatori o’zining maxfiy xatini ko’zga ko’rinmas siyoh bilan yozgan. Buning uchun u suyuq guruch bo’tqasidan foydalangan.Tabiiyki qog’oz yuzasida bu yozuv sezilmaydi. Xatni o’qish uchun maxfiy qog’oz, maxsus eritma bilan namlangan. Natijada qog’ozda havorang harflar ko’ringan. Xatni o’qish uchun qaysi ertmdan foydalanilgan. Buning sababi nimada?
Javob: guruch tarkibi kraxmaldan iborat. Kraxmal uchun yod eritmasi sifat reaksiyani beradi, natijada kraxmal bilan yod reaksiyaga kirishadi.
Bilts-o’yin (Savol-javob)…..20 min
- Simobda oltin eridi nima hosil bo’ladi? Amalgama
- Ignabargli daraxtlar uni ajratadi? Ozon
- Beketov qatorida birinchida turadi? Li
- O’zi suvdan hosil bo’lgan lekin suvdan qo’rqadi? Tuz
- Cho’yan va po’lat ishlab chiqaradigan pech? Domna pechi
- Kesilgan olmaning qo’ng’ir rangga kirishiga sabab nima? Fe(OH)3
- F, Cl, Br, I, At ning umumiy nomi? galogenlar
- Vodorodning metallar bilan birikmasi? Gidrid
- Qoshni qoraytiradigan element? Surma
- Yaponiya sharafiga qo’yilgan element? Nihonium
- Oltingugurt qanday rangda bo’ladi? Sariq
- Tulki dumi gazi qaysi? NO2
- Reaksiyaga kirishadgigan dastlabki modda? reagent
- Vodorod oksid yoki? Suv
- Ham kislota ham asos xossasiga ega bo’lsa u nima deyiladi? Amfoter
- Benzin nimadan olinadi? Neftdan
- Eng kuchli elektr tokini o’tkazadigan metal? Ag
- Mendeleyev davriy sistemani yaratgada unga nima berilgan? Al yasalga krushka
- Ular hozirgi kunda 118 ta? Elementlar
- Metallarning kuchlanishlar qatori yoki? Beketov qatori
- U havoning 78 % ini tashkil qiladi? azot
- U davriy jadvalda ikkita joyda joylashgan bu?H
- Dastlab u siydikdan olingan? P
- Kuldiruvchi gaz? N2O
- Yer yuzida eng ko’p tarqalgan element? Kislorod
- Davriy sistema nechanchi yil kashf qilingan? 1869 yil
- Kimyo faning otasi kim? Lomonosov
- Quruq yoqilg’i? urotropin
- Kraxmal uchun sifat reaksiya? Yod
- Polsha sharafiga qo’yilgan element? Po

