Bi-Vismut

Vismut ham qadim zamonlardan beri insoniyatning turli tuman ehtyojlari uchun ishlatilib kelingan bo’sada faqat XVIII  asrda kimoviy element deb atalish huquqiga ega bo’ldi. Uni har doim bir nech yillar mobaynida  surmaning (Sb) yoki qalayning (Sb) bir ko’rinishi deb ba’zan qo’g’shin (Pb) deb hisoblab kelishgan. Faqat XVIII asrning o’rtasida Shvetsiya universitetining professori Torben Bergman (1735 – 1784 yillar)  miqdoriy analizning yangi metodlaridan foydalanib vismutning mustaqil metal ekanligini isbotlagan va uni  “oddiy jism ”deyish kerakligini taklif etdi .

Vismut – o’ziga xos chegara element: Mendeleyev jadvalida undan keyin turghan elementlardan hech birining barqaror izotoplari yo’q.

         Vismut- siyrak metall. U yer qobig’i massasining 2,10-5 %  ini tashkil etadi. Tabiatda asosan birikmalar-vismt yaltirog’i Bi2S4, vismut oxrasi Bi2O3 va birikmalar holida uchraydi.

         Elementning nomi qadimgi german tilidagi “oq massasi” so’zidan olingan bo’lsa kerak. Aslida vismut salgina pushti rangda tovlanadigan kumushsimon –oq  metall. Vismut og’ir (zichligi 9,8 g/sm), oson suyuqlanadi, mo’rt. Boshqa metallarga qaraganda (simobdan tashqari) issiqlikni yomon o’tkazadi.

        Vismutning 700C da suyuqlamadigan oson suyuqlanuvchan qotuishmalari avtomaik o’t o’chirgichlarda ishlatiladi. Vismut kimyo sanoatida, elektronikada, yadro texnkasida ham ishlatiladi.  Vismut birimalari zaharli emas, antiseptik xossali, shu sababli, ular dori tayyorlashda ishlatiladi. Kimyoviy birikmalarida vismutning eng ko’p uchraydigan oksidlanish darajasi +3, lekin turli sharoitlarda u +1 dan +5 gacha bo’lishi mumkin.

Tabiatda  vismut  minerallari  ayrim  holda  va  qo‘rg‘oshin,  qalay,  mis, kumush,  nikel,  volfram  rudalariga  aralashgan  holda  uchraydi. Yer po‘stlog‘idagi vismutning miqdori 2-10-5 % ga teng. Vismut minerallaridan  eng muhimlari  Bi2S3 — vismut yaltirog‘i  va  Bi2O3 —  vismut oxrasidir.Vismut  minerallari  Boliviya,  Avstraliya  va  MDH  da (Sharqiy Sibir,  O‘zbekiston  va  Qozog‘istonda  qo‘rg‘oshin rudalariga  aralashgan  holda)  uchraydi.  Barqaror  izotopining  massa soni 209 (tabiatdagi vismutning hammasi shu izotopdan  iborat).Vismut  va uning birikmalari Yevropada (XV asr) alkimyogarlarga ma’lum  edi.

Fizik konstantalari:   d = 9,8 г/см3,

Тс = 271,3°С yaltiroq qizgish oq mеtall. U bosmaxona ishlarida, qotishmalar olishda ishlatiladi. Birikmalari.

1) BiH3 – bеqaror modda.   

2) Вi2О3 bundan tashqari:  ВiО, Вi2О4, Вi2О5 –(kuchsiz kislota)

3)  Вi(ОН)3 –кuchsiz asos

4) Вi(NО3)2·5Н2О –suvda eriydi         

 5) Вi2S3– qoramtir qo’ng’ir cho’kma

        Vismut olish uchun uning oksidi ko‘mir bilan yoki sulfidi  temir bilan  qaytariladi:

Bi2O3+3C → 3CO +2Bi  va   Bi2S3+Fe  →3FeS + 2Bi

Vismut  hosil  qilish  uchun  yana  quyidagi  reaksiyalardan  foydalaniladi:

2Bi(OH)3+3Na2SnO2 → 2Bi+3Na2SnO3+3H2O

2Bi(NO3)3+3NaSn(OH)3 + 9NaOH →2Bi+3Na2SnO3+9H2O+6NaNO3

Nilander  reaksiyasi  bilan  vismut  hosil  qilish  uchun glyukozaning  1 %  li  eritmasidan  2  ml  olib,  unga  Nilander  reaktivi [Segnet tuzi (KNaC4H4O6·4H2O)  +  Bi(NO3)3]  qo‘shiladi  va  1-2 minut  qaynatiladi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  qora  cho‘kma  hosil bo‘ladi.  Reaksiya tenglamasini quyidagicha yozish  mumkin:

3C6H12O6+2Bi(OH)3→2Bi↓+3H2O+3CH2OH-(CHOH)4-COOH

Vismut  metall  holida  magnit  maydoni kuchlanishini  o‘lchaydigan asboblar yasash  uchun  qo‘llaniladi.  Vismut  ajoyib  fizik xossalari  (chunonchi,  past temperaturada  suyuqlanishi,  suv,  tuz  va  organik  moddalarga qaraganda  issiqni  yaxshi  o‘tkazishi,  mustahkamligi,  neytronlarni  qamrab olish uchun kesma yuzasi katta bo‘lgani) ga  asoslanib,  yadro  reaktorlarida  issiq  tashuvchi  vosita sifatida  qo‘llaniladi.  Vismutning juda ko‘p organik birikmalari  tibbiyotda  ishlatiladi.

Birikmalari:

         Vismut gidrid BiH3  (vismutin) beqaror modda. Vismut gidrid magniy bilan  vismut qotishmasiga xlorid kislota ta’siridan hosil bo‘ladi.  Vismut gidridning parchalanishini xuddi AsH3 dagi  kabi  «ko’zgu» hosil bo‘lishidan  aniq ko‘rish  mumkin  (Marsh  usulini  eslang).

Vismut (III)  oksid  Bi2O3 – sarg‘ish  kukun;  d=8,7 g·sm-3; u bir necha polimorf  modifikatsiyalar hosil  qila oladi.  U  ekzotermik  birikma  (∆H° = -578,2  kJ· mol-1). Vismut (III)  oksid  kislotalarda  yaxshi  eriydi.  Bu  eritmaga  ishqor ta’sir  ettirilsa,  oq vismut (III)  gidroksid cho‘kadi;  bu  modda  tezda  BiO(OH)  tarkibli  vismut (III) oksigidratga  o‘tadi.

         Vismut (III)  sulfid  Bi2S3 – tabiatda  uchraydi; vismut bilan oltingugurtning o‘zaro bevosita birikishidan  hosil  bo‘ladi. U yashil  kristall  modda.  Vismut (III)-sulfid tiobirikmalar hosil  qilmasligi  bilan  As2S3  va  Sb2S3 dan  farq qiladi. Suvda eruvchan  vismut (III) tuzlari  gidrolizlanganda  keyin  eruvchan  vismutning oksobirikmalari  hosil  bo’ladi;

BiCl3+H2O→BiOCl+2HC1

Vismut (III)  ftorid —  kub  shaklidagi  oq kristall  modda  d =5,32 g·sm-3; 725°C da  suyuqlanadi,  suvda juda oz eriydi.

         Vismut (III)  xlorid  —  vismutni zar suvida eritish bilan olinadi.  U oq rangli  modda,  232 °C da suyuqlanadi va 447 °C da qaynaydi,  zichligi 4,6  g·sm -3. Vismut (III) xlorid havo nami ta’sirida  BiOCl  ga o‘tadi.  Ishqoriy  metallarning xloridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi,  masalan,  K[BiCl4].

         Vismut (III)  bromid–  BiBr3  o‘z  xossalari  bilan vismut (III)  xloridga  o‘xshaydi;  u  217  °C  da  suyuqlanadi  va 460  °C da  qaynaydi  (d=5,6  g· sm-3). Vismut (III)  yodid  BiI3 to‘q jigarrang qattiq modda,  o‘z xossalari  bilan  vismut (III)  xloridni  eslatadi,  lekin suvda  eriydi.  Uning  suyuqlanish  temperaturasi  500°C  ga yaqin  (d=5,8 g·sm-3). Faqat  suv  bilan  qaynatilganda  BiOI ga aylanadi.  BiI3 ning to‘q jigarrang bo‘lishiga sabab, katta radiusli yod ioniga Bi3+ kationi kuchli  qutblovchi ta’sirini  ko‘rsatishidir.

        Vismut  nitrat        Bi(NO3)3·5H2—  vismutning nitrat  kislotadagi  eritmasini  bug‘latish  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Bu  moddaning  gidrolizlanishi  yoki  qizdirilishi  natijasida  vismutil nitrat  BiONO3  paydo bo‘ladi.  BiONO3 tibbiyotda oshqozon kasalliklarini davolashda dori  sifatida  ishlatiladi.

         Vismutning oksidlanish darajasi  +5  bo‘lgan  birikmalari  oksidlanish  darajasi  +3  bo‘lgan  birikmalaridan (kuchli  oksidlovchilar  ta’sirida)  hosil  bo‘ladi:

Bi(OH)3+Cl2+3OH 2Cl+3H2O+BiO3

Bi2O3 oksidlanganida ham vismut (V) birikmalari hosil bo‘ladi. Agar Bi2O3 natriy peroksid bilan birga suyuqlantirilsa,  NaBiO3 hosil  bo‘ladi. Agar NaBiO3  ga  kuchli  nitrat  kislota  qo‘shilsa,  vismut (V)  oksigidrat  Bi2O5·xH2O paydo  bo‘ladi.  Vismut (V)  ning  kislorodli  kislotalari erkin holda olingan emas.  Vismut (V)  birikmalari  kuchli oksidlovchilardir.  Masalan,  NaBiO3  kislotali  muhitda MnSO4  ni  oksidlab  NaMnO4  ga o‘tkazadi:

10NaBiO3+4MnSO4+14H2SO4 → 4NaMnO4+5Bi(SO4)3+14H2O+3Na2SO4

         Vismut (V) ftorid BiF5vismut (III)  ftoridga  ftor ta’siridan yoki suyuq vismutni  500 °C da  qizdirib ftor yuborish  natijasida  hosil  bo‘ladi. BiF5  550  °C  da  sublimatlanadi;  u  ignasimon  rangsiz kristall  modda.  BiF3  ishqoriy  metallarning ftoridlari bilan  komplekslar  hosil  qiladi,  masalan,  K[BiF6].

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan