SB-Surma

Surmaning xossalarini dastlab alkimyogar Vasiliy Valentino 1470 yilda batafsil bayon qilgan. Ammo XVI-XVII  asrlarda surmani metall hisoblamay , “Yarim metallar”  ga kiritganlar, chunki uzoq o’tmishdan ma’lum bo’lgan surma mehnat qurollari yasashga yaroqsiz edi. Eramizdan 3000 yil avval Sharq dasur madanid ishlar tayyorlangan deb taxmin qilinadi, uning birikmalari esa bo’yoqlar va pardoz vositalarini tayyorlash uchun qo’llanilgan.

       Metall holidagi surmadan miloddan avval 3000 yilda Vavilonda idishlar yasalgani ma’lum. XV asrda Bavariya monarxlari ”faylasuflar toshi” va “hayot eleksiri” ni qidirish jarayonida yangi metallni aniqlab, uni cho’chiqalar ishtaha bilan yeb, tez semirishlarini kuzatishgan.Bavariya qiroli va zodagonlari semirish maqsadida surmani o’z ta’omlariga qo’shishni buyurishgan. Natijada ulardan 40 nafari dahshatli azobdan jon berishgan.Shuning uchun hamma zo`r metallniyam “antimoniy”, ya’ni “monarxlarga qarshi” deb ham atashadi. 1789 yilda A.Lavuaze surmani antimoniy nomi bilan kimyoviy elementlar ro’yxatiga kiritgan. Bugungi kunda ham Yevropaning ba’zi bir davlatlari va AQSH da surma aynan shu nom bilan atab kelimoqda.

Surma juda ko’p maqsadlarda ishlatiladi.O’rta asrlarda bemorni qayt ettirish uchun surmadan ishlangan idishda saqlangan vino ichirishgan. Bugungi kunda ham uning birikmalaridan dori sifatida qo’llanilmoqda.Se-se chivini tarqatadigan uyqu kassaligi, selenomegamin-taloqning tezlikda kattalashuvi, flarioz-limfa tizimida yashovchi ipsimon chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolashda, balg’am ajratuvchi sifatida ishlatiladi.Sb2S3-surma (III)-sulfidi qora rangli kukun bo’lib, u ko’zga surtilganda uni ravshanlashtiradi, yosh oqishini oldini oladi.

      Kitob nashr qilish keng yo’lga qo’yilganidan so’ng surma harflarni bosish uchun shriftlar tayyorlashda ishlatila boshlandi.6310C issiqlikda surma suyuqlanib, uning hajmi torayadi, qota boshlashi bilan uning hajmi kengayadi.Bunday qotishma yordamida yaxshi aniqlikdagi harflarni qo’yish mumkin.Nashriyotlarda gartbley  nomi bilan qo`llaniladigan xili harflar yasashda ishlatiladi.

Suyultirilgan qariyb barcha metallar eriydi.Ularni yutib yuboruvchi metallni kimyogarlar “kimyo yirtqichi”deb ataganlar.Surmani og’zini ochib turgan bo’ri sifatida tasvirlangan.Bugungi kunda surmadan antifrikatsion (ishqalanishni kamaytiruvchi) qotishma tayyorlashda qo’rg’oshinli birikmasidan o’qlar, matritsalar uchun qotishmalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.surma gazlama bo’yoqlari va badiiy bo’yoqlar tarkibiga kiradi, surma gugurt tayyorlashda ishlatiladi.

Podshipniklar  yasaladigan  muhim  qotishma-babbitlar  tarkibiga  4 dan 15 % gacha surma bor. Surmaning ayrim  birikmalari bo’yoqlar,  gugurt, rezina, yarimo’tkazgich materiallar  ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

         Surma azot bilan reaksiyaga kirishmaydi; ko’pchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Tarkibida  72,7% Pb,  20%  Sb,  7,3%  Sn  tutgan qotishma matbaa qotishmasi nomi bilan mashhur.

      Surma Mendeleyev davriy sistemasining V  gruppasidagi  asosiy elementlardan biridir. U XVI-XVII asrlarda surmani metall hisoblamay, yarim metallarga kiritganlar, chunki uzoq o’tmishdan ma’lum bo’lgan surma mehnat qurollari yasashga yaroqsiz edi. Eramizdan 3000 yil avval Sharqda surmadan idishlar tayyorlangan deb taxmin qilinadi, uning birikmalari esa bo’yoqlar  va pardoz vositalarini tayyoqlash uchun qo’llanilgan. Hatto ruscha “surma” so’zi turkcha “syurme” dan (qoshni qorayrtirish uchun ishlatiladigan kukun) kelib chiqqan.

        Surmaning yer qobig’idagi miqdori massasi bo’yicha 5·10-5% ni tashkil etadi. Surma asosan surma yaltirog’i Sb2S3 mineralidan olinadi. 

        Ko’pchilik oddiy moddalar kabi surma ham uch xil allatropik ko’rinishda uchraydi. Surmaning asosiy xili qo’ng’ir kristall holda, qolgan ikki xili esa amorf bo’lib, sariq va qora ranglidir. Qo’ng’ir surma (suyuqlanish temperaturasi 630,50C) shunchalik mo’rtki, uning kristallarini chinni hovanchada maydalab, kukunga aylantirish mumkin. Issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha surma ko’pchilik metallardan keyinda turadi.

         Surma ko’proq +3 va +5 oksidlanish darajasini nomayon qiladi, shuningdek, u ikkita oksid Sb2O3 va Sb2O5 ga ega. Bulardan birinchi asos xossali, ikkinchisi, kislota xossali. Umuman, surmaning kimyoviy xossalari gruppadagi analoglari- mishyak va fosfornikiga o’xshaydi.

           Surma juda ko’p  qotishmalar, qo’shimcha qo’rg’oshin va qalay qotishmalari tarkibiga kiradi. U odatda qotishmaning qattiqligini oshiradi. Podshimniklar yasaladigan muhim qotishma- babbitlar tarkibida 4 dan 15% gacha surma bor. Kimyo mashinasozligida akkumulyator va  kabellar tayyorlashda gartbley yoki qattiq qo’rg’oshin qotishmasi qo’llaniladi, uning tarkibida ham 5-15% surma bo’ladi. Surmaning ayrim birkmalari bo’yoqlar, gugurt, rezina, yarimo’tkazgich materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

         Surma hozirgi vaqtda asosan bosmaxona shriftlari qo’yish va badiiy quymalarda ishlatiladigan qotishmalar tarkibida qo’llaniladi. Gap shundaki, suyuqlantirilgan surma qotayotganda kengayadi va rasmning detallari juda aniq qayta tilanadi.

U tabiatda Sb2О3 –surma yaltirogi tarzida uchraydi. Yer po’stlogida ,00005% dir. Sb –Sb + Рb –qotishmani – bosmaxona  gardi yoki gart dеyiladi.  Birikmalari:

1) SbH3 – vodorod antimonid zaharli gaz.

2) Sb2О3-antimonid angidrid- amfotеr.

3) Sb(ОН)3 –antimonit kislota – cho’kma, amfotеr.

4) Sb2О5 –antimonat angidrid-asosan kislota xossasiga ega. Unga Н3SbО4 (НSbО3, Н4Sb2О7) to’g’ri kеlib, bu kislotalarning muvofiq turlari mavjud.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan