Ru-ruteniy

Kashf qilinishi: XX asrning 20 yillarida Uralda platina birikmasi topildi. Uni Yurievskiy universiteti professori Ozann tekshirdi va unda yangi uchta element borligini aniqladi. Ulardan birini Rossiyaning Ruteniy shahri sharafiga Ruteniy deb atadi. Undan keyin shved kimyogari Bersellius aniqladi.

Kimyoviy xossasi: Toza ruteniy – tashqi ko’rinishidan temirga o’xshaydi, qattiq, yuqori temperaturada suyuqlanadi, podsho arog’ida qiyin eriydi, kuchli katalizatorlik vazifasini bajaradi.
Ruteniydan termoparalar olishda, katalizatorlar olishda, zargarlik buyumlari olishda foydalaniladi.

U sakkiz valentli birikmalar hosil qiladi. Bular ruteniy oksidini misol qilib ko`rsatish mumkin. U xossalari bo`yicha osmiy oksidiga o`xshaydi. O`zi sarg`ish-oltinrang kristall, 25,5o C da eriydi, suvda eriydi. Lekin osmiy oksidiga qaraganda bir muncha beqarorroq hisoblanadi. 108o C da portlash bilan Ru2O va kislorodga parchalanadi.
Birikmalari:
RuO2 – ko’kish qoramtir tusli kristall modda, ruteniyga yuqori temperaturada kislorod ta’sir ettirib, yoki RuS2 va RuCl3 ni oksidlab hosil qilinadi. Ruteniy (IV)- oksid 700 °C da o’zidan kislorod ajratib parchalanadi.
RuO4 — och sariq tusli, uchuvchan kristall, juda zaharli, o’tkir hidli modda. Bu oksid ruteniy tuzlariga kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar (HJO4, KMnO4 ,KBrO3) ta’sir ettirib hosil qilinadi. RuO4 – CC14 va suyultirilgan H2SO4 da yaxshi eriydi, 180 °C dan yuqori temperaturada qizdirilganda kuchli portlash hosil qilib RuO2 va O2 ga parchalanadi, ishqorlarda quyidagi reaksiya asosida eriydi:
4RuO4+4NaOH=4NaRuO4+O2+2H2O
4NaRuO4+4NaOH=4Na2RuO4+O2+2H2O
Ru2O3 — jigarrang tusli korund tipidagi modda, ruteniy (III) nitratni qizdirish natijasida hosil bo’ladi.U kristallogidrat Ru2O3·5H2O tarkibga ega, ishqoriy muhitda kuchli oksidlovchilar ta’sirida RuO2·nH2O ga aylanadi.
Ru(OH)4— qora rangli amorf modda, suvda, suyultirilgan kislota va ishqorda, konsentrlangan HNO3, HClO4, H2O2 da erimaydi, “zar suvi”da parchalanadi.
RuCl3—to’q-qoramtir tusli kristall, suvda erimaydi, karbonil atmosferasida ruteniyga xlor ta’sir ettirib olinadi.
RuS2—to’q yashil tusli kristall, 1000 ° da parchalanadi, ishqorlar va qaynoq H2SO4 bilan reaksiyaga kirishmaydi.Yuqori temperaturada inert gaz atmosferasida ruteniyga oltingugurt ta’sir ettirib yoki K4[Ru2C110] va K2[RuCl6]
tarkibli kompleks birikmalariga 80 °C da Na2S ta’sir ettirib hosil qilinadi. Ruteniyning [Ru3(CO)12]n tarkibli zangori rangli karbonil birikmasi ma’lum. Bu birikmalari suvda erimaydigan, organik erituvchilarga yaxshi eriydigan moddalar bo’lib, metallar, keramika, shisha sirtlarini ruteniy bilan qoplashda ishlatiladi.

