Radiy

Tabiiy radioaktiv element.Radiyning 226Ra izotopi bir sutkada taxminan 1mm3 radon va 1 soatda 569 kJ issiqlik chiqaradi. Toza Ra kumushsimon oq rangli metal, havoda tez oksidlanadi.

Urandan chiqadigan nurlarni o’rganayotib, fransuz olimlari P. Kyuri va M.Sklodovskaya –Kyurilar uran minerallarining metall uran yoki uning birikmalariga qaraganda aktiv ekanligini aniqlashdi. Demak, minerallarda yana qandaydir noma’lum  radiaktiv elementlar   mavjudligi ma’lum bo’ldi . 1898 yilda bu fikr tasdiqlandi, yani er –xotin Kyurilar 18 iyulda  poloniy , 26 dekabrda esa radiy topilganligini xabar qildilar. Radiy insoniyat tarixidagi eng muhim elementlardan biridir .

         1898 yilda er-xotin Kyurilar  urandan chiqayotgan nurlarni o’rganayotib, 26-dekabrda yangi bir element borligini aniqladilar unga radiy nomini berdilar. Radiy insoniyat tarixidagi eng muhim elementlardan biridir.1910 yilga kelib M.Seklodovskaya-Kyuri va fransuz olimi A.Debern birinchi bo’lib radiy metalini olishdi. Elementning ma’nosi latinchada “radius”-“nur” so’zidan kelib chiqqan. Radiy (lat . Radium) Mendeleev davriy sistemasining II gruppasida , VII davrida joylashgan radiaktiv element bo’lib uning nisbiy atom massasi 226,025, yadro zaryadi esa +88 ga teng

Radiyning yer qobig’idagi massa ulushi 1∙10-10 % ni tashkil qiladi.Radiyning yarim yemirilish davri 1620 yilga yaqin.

         Radioaktiv elementlar orasidan birinchi bo’lib radiydan amaliy maqsadlarda asosan, meditsinada-o’smirlar va boshqa kasalliklarni davolshda foydalaniladi.Radiy tuzlari o’zidan nur tarqatuvchi bo’yoqlar tarkibiga kiradi.

           Radiy miqdori yer qobig’i massasi bo’yicha 1∙ 10-10 %ni tashkil qiladi . Bu boshqa elementlarga nisbatan kamdir . Radiy o’zining radiaktiv qo’shnilariga nisbatan keng tarqalgan. Buning sababi uning yarim yemirilish davri kattaligidadir. Uning yarim yemirilish davri 1620 yilga yaqin .

    Bu elementning o’rganilishi fan uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi . Radiy misolida bir kimyoviy elementning tabiiy xolda ikkinchi elementga aylanishi isbotlandi . α- zarrachalarni chiqarib , radiy atomi radon atomiga aylanadi :

226 Ra 88 222 Rn 86 +4 Ne 2

          Bu reaksiya  asosida  E. Rezerford va F. Soddlar radiaktiv o’zgarishlar nazariyasini yaratdilar.Radiaktiv elementlar orasida birinchi bo’lib radiydan amaliy maqsadlarda , asosan , medisinada – o’sma kasaliklarini davolashda foydalanildi .

       P.Kyuri va M.Sklodovskaya Kyurilar yangi moddani uning nurlanishi bo’yicha aniqlashdi . Elementning latincha “radius ”  “nur” so’zidan kelib chiqqan nom  darhaqihat ramziydir . “Nurli” elementning ochilishi XIX asr oxiridagi buyuk fizik kashfiyotlar  zanjirini poyoniga etkazdi va boshlanayotgan atom davrining darakchisi bo’ldi .

Radiy nitrid Ra3N2-havo azoti bilan birikib radiy nitridni hosil qiladi:

3Ra+N2=Ra3N2

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan