Indiy

Kashf qilinishi: Indiyni spektral analiz yordamida 1863 yilda nems kimyogari G.Reyx  va F. Rixter rux rudasi tarkibidan olgan, u spektrini ko’k –binafsha  rangga bo’yaydi. Bu rang indigo bo’yog’ining ranggiga o’xshagani uchun ham indiy  deb nomlangan.

Tabiatda uchrashi: indiy tarqoq elementuning birorta ham minerali yo’q, tug’ma holatda ham uchramaydi.U har turli (sfalerit ZnS, siderit  FeCO3, volframit, kolchedan va boshqa) minerallarga aralashgan holda uchraydi. Tabiatda rux rudasi tarkibida bo’ladi. Bu rudalarning hech birida indiyning miqdori 0,1 % dan oshmaydi, faqat ba’zan 1 % ga yaqinlashadi.Indiy og’irlik jihatdan yer po’stlog’ining 1·10-5 % ni tashkil qiladi.

Fizik xossasi: U havo ta’siriga chidamli kumushsimon –oq rangli, yumshoq metall.

         Kimyoviy xossasi: Indiy atomining tashqi qavatida 3 ta elektron mavjud bo`lib, undan oldingi qavatda 18 ta elektron mavjudligi bilan xarakterlanadi. Kuchsiz metallik xossalarga ega, Indiy 156,2o C da eriydi, havoda nisbatan barqaror, suvni parchalamaydi, kislotalarda  yengil eriydi, ishqorlarda ham eriydi.

Ishlatilishi: Indiy qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi.  Qotishmalar tishlarni plombalashda ishlatiladi. Indiy metaliga tushgan nurni har xil rangda qaytaradi. Undan sifatli oynalar ishlab chiqishda foydalaniladi. Ular har xil ta’sirlarga chidamli, vaqt o’tgandan keyin xiralashmaydi va nurni bir xil qaytaradi. Lekin undan yasalgan qotishmalar 1560C da suyuqlanadi. Shuning uchun u faqat sovuq sharoitda saqlanadi.

              Indiy  reflektorlarni, podshipniklarni  qoplashda, tredoxranitel va yarim o`tkazgichlar ishlab chiqarishda qo`llaniladi.Indiy korroziyalanmaydigan metall bo’lganligi uchun uning asosiy qismi antikorrozion qoplama sifatida ishlatiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan