Viktorina

VIKTORINA SHARTLARI

  1. Muammoli vaziyatni kim yechadi. 1 min
  2. Bilts-o’yin (Savol-javob)…..20 min
  3. Siz kimyo laboratoriyasida…5 min
  4. Elementlarni bilasizmi…. 10 min
  5. Xotira mashqi…. 20 min
  6. Siz kuchli kimyogarmi….10 min
  7. Pantamima…..10 min

Har bir shart uchun 10 baldan ajratiladi.

Ko’zga ko’rinmaydigan xat yozish uchun yarimta limon, paxta, gugrt, 5-10 ml suv, bir varoq oq qog’oz kerak bo’ladi.Toza suvga limonni siqib, siyoh tayyorlanadi, gugurt cho’pi uchiga paxtani o’rab, yozuv quroliga aylantiriladi, uni siyohga botirib, qog’ozga xat yoziladi yoki rasm chiziladi.Qog’oz havoda quriganda yozuv ko’rinmaydi.Yozuvni o’qish uchun yonib turgan lampochkaning issig’iga biroz tutilsa, rangsiz yozuv qora rangga aylanadi.Ayting-chi, qora yozuv paydo bo’lishiga sabab nima?

Javob:Limon sharbati-limon kislotasi, u uglevodorodli bo’lgani uchun issiqlik ta’sirida oksidlanib ko’mirga aylanadi.

MUAMMOLI VAZIYATNI KIM YECHADI.

I guruh

         Sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda zavod va bug’ qozonlaridan ajralib chiqqan gazlar tufayli kislotali yomg’ir yog’adi. Aytingchi kislotali yomg’ir tarkibida qaysi gazlarning eritmasi bo’ladi?

            Javob: Azot, uglerod va oltingugurt oksidlari

Odamni chumoli chaqqanda tana chumoli kislotasi bilan zaharlanadi. Og’rigan joyga nashatir spirt surtilsa, og’riq yo’qoladi. Buning sababi nimada?

Javob: chumoli kislotasi nashatir spirt bilan reaksiyaga kirishib neytrallangach, og’riq to’xtaydi.

1783-yilda fransuz olimi Sharl osmonga birinchi havo sharini uchirdi. Do’stlari undan shar ichida qanday gaz joylashtirlganini so’radilar. Shunda olim:-Men joylashtirgan gaz Selsiy bo’yicha -259C da qattiq moddaga aylanadi, dedi.Ayting-chi, olim qaysi gazni nazarda tutgan?

Javob:Vodorod gazi.

II guruh

         Tabiiy gaz tarkibida azot bo’lmaydi.Lekin uni qozonxona o’txonasida yoqqanda uning tutuni tarkibida azot oksidlari uchraydi.Azot oksidi tutun tarkibida qanday hosi bo’ladi?

Javob: Gaz yaxshi yonishi uchun o’txonaga tarkibida azot va kislorod bo’lgan havo beriladi.

Qadimda oltingugurt sifatini bilish maqsadida bir bo’lagini qo’lda siqib ko’rib, quloqqa tutib ko’rishgan.Agar oltingugurt biroz qirsirlagan tovush chiqarsa, sifatli, tovush chiqarmasa, sifatsiz hisoblangan va ishlatilmagan.Aytingchi, toza oltingugurt nima uchun qarsillaydi?

Javob: oltingugurt qo’lda isiydi va turli temperaturali uchastkalar paydo bo’ladi. Natijada kuchlanish yuzaga keladi va kuchsiz tovush eshitiladi.

Avstraliyaliklar dizel yoqilg’isiga 15 % spirt qo’shib ixtiro etgan yoqilg’i hozir ishlatilayotgan yoqilg’iga nisbatan eng toza hisoblangan va atmosfera ifloslanishi 20 % ga kamaygan. Bu spirt qanday spirt bo’lishi mumkin?

 Javob: etil spirt.

“Ha” yoki “Yo’q” o’yini

         O’yinda 2 nafar o’quvchi ishtirok etadi.Ular savollarga ha yoki yo’q deb javob berishlari lozim:

  1. Argentina kumush sharafiga qo’yilganmi? (Ha)
  2. Platina “chirigan oltin”, “qurbaqa oltini” “Kumushvoy” deb atalganmi (Ha)
  3. Afsonaga ko’ra, Yaratgan tomonidan barcha narsalarni oltinga aylantira olish qobilyati berilgan hukumdor Dionismi? (yo’q  Midas)
  4. Isaakiyev Soboriga oltin suvi yugurtirish ishlarida 60 kishi halok bo’lganmi? (Ha)
  5. Davriy sitemada yo’q element bormi? Ha (Tc)
  6. Mendeleyevning asl familyasi Mendeleyevmi? Yo’q . Sokolov
  7. Vodorodni metalli  bormi? Ha
  8. Metallar bo’risi simobmi? Yo’q
  9. Mis orol nomiga qo’yilganmi? Ha
  10. Dubna shahri sharafiga element bormi? Ha

SIZ KIMYO LABORATORIYASIDA…

Bunda ikki guruhdan ikki talaba chiqadi va ularga ovozsiz video ko’rsatiladi.Talaba unda ko’rgan videolavhani to’liq yozib berishi kerak.

ELEMENTLARNI     BILASIZMI…

Ikki guruhga ikki metal beriladi guruhlar berilgan metallarga ma’lumotlarni yozib beradi biri yozgan ma’lumotlarni ayta olishi kerak!

Eng ko’p ma’lumotni aytgan guruh g’olib hisoblanadi!

XOTIRA MASHQI…

7 talaba bir-biri aytgan ma’lumotni takrorlab ayta olishi kerak!

SIZ KUCHLI KIMYOGARMI !!!

Bu shartda ikki talab ishtirok etadi.

Berilgan kimyoviy terminlardan foydalanib murakkab masala tuzib ikkinchi talabaga beradi  qaysi talaba masalani to’g’ri eng oson yo’l bilan ishlasa va uni tushuntirib bera olsa u kuchli kimyogar deb topiladi?

Masalani tuzishda kimyoni tabiat, inson, va boshqa fanlar bilan bo’glashi kerak?

I-guruhga

Reaksiya unumi, foiz, tibbiyot, H2O2,

gr,  KMnO4, konsentratsiya, sitexiometrik nisbat.

II-guruhga

NH3 eritmasi, sariq rangli cho’kma, massa, zichlik, Ag, havo, inson, massa ulush.

PANTAMIMA

  1. Elementlar

W, Au, P, Mg, S, N, C, Os, Hg,

  • Kimyogar olimlar

Mendeleyev, Devi, Avogadro,  Le-Shateli, Lomonosov, Kekule,

  • Kimyoviy moddalar

KClO3, H2S, NaCl, CO2, CaCO3, SiO2, Ca2(PO4)3

  • Kimyoviy idishlar

Shtativ, kolba, tarozi, pensit, shpatel, spirt lampasi, probirka, chinni haovoncha, byuretka, tiqin, pipetka, ko’zoynak,

Muammoli vaziyatni kim yechadi.

Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun? Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.

Amerikaning  Texas  shtatida  kichik  shahar  —  Sonoredagi ko‘p  qavatli  uylarning  birida  yong‘in  sodir  bo‘ldi.O‘t  o‘chiruvchilar  qanchalik  harakat  qilmasinlar  yong‘in  avjiga  chiqdi.

Odamlar  yong‘in  ichida  qolgan  bolalani  qutqarish  uchun  jon-jahdlari  bilan  o‘zlarini  o‘t  ichiga  ura  boshlaydilar.

Yong‘in  avj  olgan  vaqtda:

—  Janob  boshliq!  Sisternalardagi  suv  tugadi.  Endi  nima qilamiz?  —  deb  o‘t  o‘chiruvchilarning  biri  hovliqqanicha  o‘t o’chiruvchilar  komandasi  boshlig‘ining  oldiga  keladi.

—  Endi  nima  qilish  kerak?  —  deb  o‘ylanib  atrofiga  ko‘z tashlaydi  boshliq.  Shunda  birdan  uning  ko‘zi  shiypon  tagidagi bir  necha  katta  bo‘chkalarga  tushadi.  Bu  bo‘chkalarda  hali to’liq  yetilmagan  vino  bor  edi.  Boshliq  o‘ylab  o‘tirmasdan  tezda suv  o‘rniga  bu  vinoni  yong‘inga  qarshi  sepishni  buyuradi.

O‘t  o‘chiruvchilar  vinoni  sepganlarida  kutilmagan  hodisa ro‘y  beradi,  avj  olayotgan  yong’in  sekin-asta  pasayib  boradi  va nihoyat  o’chadi.

Shunday  qilib,  shahar  aholisi  yetilmagan  uzum  vinosi  o‘t o‘chirish  xususiyatiga  ega  ekanligini  bilib  oldi.Nima  uchun  yetilmagan  uzum  vinosi  suvga  nisbatan  yong‘inni  yaxshi  o ‘chiradi?  Bu  savol  sizga,  aziz  o‘quvchilar!

Javob: Yetilmagan  vinoning  bijg‘ishi  natijasida  ko‘p  miqdorda  karbonat  angidrid  gazi  hosil  bo‘ladi.  Karbonat  angidrid  esa  eng yaxshi  o‘t  o‘chiruvchi  vositadir.

Xitoy imperatori o’zining maxfiy xatini ko’zga ko’rinmas siyoh bilan yozgan. Buning uchun u suyuq guruch bo’tqasidan foydalangan.Tabiiyki qog’oz yuzasida bu yozuv sezilmaydi. Xatni o’qish uchun maxfiy qog’oz, maxsus eritma bilan namlangan. Natijada qog’ozda havorang harflar ko’ringan. Xatni o’qish uchun qaysi ertmdan foydalanilgan. Buning sababi nimada?

Javob: guruch tarkibi kraxmaldan iborat. Kraxmal uchun yod eritmasi sifat reaksiyani beradi, natijada kraxmal bilan yod reaksiyaga kirishadi.

Bilts-o’yin (Savol-javob)…..20 min

  1. Simobda oltin eridi nima hosil bo’ladi? Amalgama
  2. Ignabargli daraxtlar uni ajratadi? Ozon
  3. Beketov qatorida birinchida turadi? Li
  4. O’zi suvdan hosil bo’lgan lekin suvdan qo’rqadi? Tuz
  5. Cho’yan va po’lat ishlab chiqaradigan pech? Domna pechi
  6. Kesilgan olmaning qo’ng’ir rangga kirishiga sabab nima? Fe(OH)3
  7. F, Cl, Br, I, At ning umumiy nomi? galogenlar
  8. Vodorodning metallar bilan birikmasi? Gidrid
  9. Qoshni qoraytiradigan element? Surma
  10. Yaponiya sharafiga qo’yilgan element? Nihonium
  11. Oltingugurt qanday rangda bo’ladi? Sariq
  12. Tulki dumi gazi qaysi? NO2
  13. Reaksiyaga kirishadgigan dastlabki modda? reagent
  14. Vodorod oksid yoki? Suv
  15. Ham kislota ham asos xossasiga ega bo’lsa u nima deyiladi? Amfoter
  1. Benzin nimadan olinadi? Neftdan
  2. Eng kuchli elektr tokini o’tkazadigan metal? Ag
  3. Mendeleyev davriy sistemani yaratgada unga nima berilgan? Al yasalga krushka
  4. Ular hozirgi kunda 118 ta? Elementlar
  5. Metallarning kuchlanishlar qatori yoki? Beketov qatori
  6. U havoning 78 % ini tashkil qiladi? azot
  7. U davriy jadvalda ikkita joyda joylashgan bu?H
  8. Dastlab u siydikdan olingan? P
  9. Kuldiruvchi gaz? N2O
  10. Yer yuzida eng ko’p tarqalgan element? Kislorod
  11. Davriy sistema nechanchi yil kashf qilingan? 1869 yil
  12. Kimyo faning otasi kim? Lomonosov
  13. Quruq yoqilg’i? urotropin
  14. Kraxmal uchun sifat reaksiya? Yod
  15. Polsha sharafiga qo’yilgan element? Po

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan