M&Mlarni eritish tajribasi
M&Mlar juda mazali, lekin qo‘lingiz biroz nam bo‘lsa, ularning qand qatlami erib, rang barmoqlaringizga chiqishini payqaganmisiz? Agar bu qoplama suvda erisa, boshqa suyuqliklarda ham eriydimi? Keling, buni bilib olaylik!
Sizga kerak bo‘ladi:
– Himoya ko‘zoynagi
– M&Mlar
– 3 ta tiniq plastik stakan
– Osh qoshiq
– Suv
– Izopropil spirt (70%)
– Mineral moy

Ehtiyot bo‘ling:
Ko‘zoynagingizni taqing. Izopropil spirt ishlatayotgan bo‘lsangiz, siz bilan birga ota-ona yoki o‘qituvchi bo‘lishi kerak. Spirtni yong‘indan uzoq tuting. Tajriba tugagach, qo‘llaringizni yuving.

Amal qilish tartibi:
1. Uchta stakanga suv, spirt va moy deb yozing.
2. Har bir stakanga bir osh qoshiqdan suv, spirt va moy quying.
3. Bir xil rangdagi uchta M&M olib, har birini bir stakanga soling.
4. Har bir stakanni 20 soniya davomida aylantiring va qaysi suyuqlikda qand qatlami tezroq erishini kuzating.
Natijani kuting:
Suvdagi M&Mning qoplamasi eng ko‘p eriydi. Spirtli suyuqlikda biroz erishkuzatiladi, lekin suvdagidek emas. Moyda esa deyarli hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
Nima sodir bo‘layapti?
M&Mning qand qatlami rang va shakar molekulalaridan iborat. Suv molekulalarida musbat va manfiy zaryadlar mavjud, shu sababli ular rang va shakarning molekulalarini o‘ziga tortib, ularni yaxshi eritadi.
Spirt molekulalarida bunday zaryadlar kamroq bo‘lganligi sababli, u rangni suvchalik yaxshi eritmaydi. Moy molekulalarida esa zaryad yo‘q, shu sababli u umuman eritmaydi.


Boshqa tajribani sinab ko‘ring!
Suv M&M qoplamasini eritishda eng samarali ekanini bildik. Endi ikki yoki undan ortiq M&Mni bir vaqtning o‘zida suvga solib ko‘ring — qiziqarli rang naqshlarini hosil qilishingiz mumkin!
Sizga kerak bo‘ladi:
– Himoya ko‘zoynagi
– Suv
– Yassi oq plastinka
– M&Mlar
Amal qilish tartibi:
1. Plastinkaga suv quying (M&M balandligiga teng bo‘lsin).
2. Ikki yoki undan ortiq M&Mni plastinkaning markaziga yaqin joylashtiring.
3. Suvni aralashtirmang yoki plastinkani siljitmang.
4. 1–2 daqiqa davomida kuzating.
5. Turli joylashuvlarni sinab ko‘ring.


Natijani kuting:
Har bir M&Mdan rangli qatlam doira shaklida tarqaladi. Ranglar bir-biriga yaqinlashadi,ammo darhol aralashmaydi — ular orasida chiziq hosil bo‘ladi.


Nega ranglar aralashmaydi?
Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin odatda suyuqliklar aralashishi uchun biz ularni aralashtiramiz yoki silkitamiz. Bu yerda esa suyuqliklar sekin o‘zaro aralashadi. Vaqt o‘tishi bilan ular asta-sekin qo‘shilib ketadi.

