MIS (CU)
Misning atom massasi 63,54 (Z-29) ga teng, uning tabiatda 2 ta izotopi tarqalgan – 63Cu (69%), 65Cu (31%). Misning yana 9 ta radioaktiv izotopi olingan. Mis asosan birikmalar holida, shuningdek, erkin holda ham uchrab turadi. Uning eng muhim rudalari: xalkozin (mis yaltirog’i) Cu2S, xalkopirit (mis kolchedani) CuFeS2, malaxit Cu2(OH)2CO3. Metallurgiyada suyuqlantirib olinadigan hamma misning 80% i sulfidli rudalaridan olinadi.
4CuFeS2 + 13O2 = 4CuO + 2Fe2O3 + 8SO2
2CuO + FeS + C + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO
yoki
CuO + FeO + CuS + C + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO
2Cu2S + 3O2 = 2Cu2O + 2SO2
2 Cu2O + Cu2S = 6Cu + SO2
Mis issiqlik va elektrni (kumushdan keyin) yaxshi o’tkazish xususiyatiga ega, qizil tusli metall, sovuq holatda ham yaxshi cho’ziladigan va yassilanadigan plastik va yumshoq metaldir.

Mis quruq havoda asta-sekin oksidlanib, zich oksid parda hosil qiladi, lekin nam havoda CuCO3·Cu(OH)2 bilan qoplanib ko’karadi. Mis xlor bilan odatdagi haroratda, qizdirilganda kislorod bilan (CuO; Cu2O) birikadi. Suyultirilgan HCl va H2SO4 misga ta’sir etmaydi, unga kontsentrlangan H2SO4 ta’sir etib, CuSO4 va SO2 ni hosil qiladi. Misga HNO3 ta’sir ettirilsa, kislotaning kontsentratsiyasiga qarab Cu(NO3)2 va azot oksidlari hosil bo’ladi. Barcha reaksiyalarga mis +2 oksidlanish darajasiga ega, misning +1 oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikmalarini olish ancha murakkabdir.
Qadimdan ma’lum.Tarixdan ma’lumki, insoniyat metallardan birinchi mis bilan tanishgan. Cu tabiatda tug’ma holda kam uchraydi yer qobig’ida asosan sulfidlar holida uchraydi. O’simliklar uchun mis-muhim mikroelement. Ko’p miqdordagi sof mis bo’laklari kam uchraydi. Eng katta sof mis bo’lagi 420 t bo’lgan.Undan qadimgi odamlar qurollar yasashgan.Shuning uchun mis insonlar foydalangan eng birinchi metall. Iroqliklar uni “bronza” deb atashgan.Uning tarkibida mis bilan qalay ham bo’lgan.
Kimyoviy jihatdan Cu unchalik aktiv emas, atmosferadagi CO2, H2O bug’i va boshqalar ta’sirida malaxit-(CuOH)2CO3 hosil bo’lgani uchun uning sirti zaharli ko’k parda bilan qoplanadi. Cu uy haroratida O2 bilan birikmaydi qizdirilganda: 2Cu+O2=2CuO hosil bo’ladi. Cu ga HCl, suyultirilgan sulfat kislota, sirka kislota ta’sir etmaydi, konsentrlangan sulfat kislota va HNO3 ning barcha konsentratsiyadagisi Cu ni eritadi.Cu ga ishqorlar ta’sir etmaydi.Cu galogenlar bilan nam borligida, S, Se bilan oson reaksiyaga kirishadi, ammo H, C, N bilan hatto yuqori temperaturada ham ta’sirlashmaydi.Misning S va Se ga moyilligi katta,
Cu ning 2 ta turg’un izotopi bor 63Cu va 64Cu, sun’iy radioaktiv izotoplaridan 61Cu 64Cu muhimlari.
Mis elektron proskok element bo’lganligi uchun uning 4s1 va 3d pog’onalarida 10 ta elektron bo’lib ular to’lgan 3d10 valent elektroni 4s1 bo’lib 3d10 pog’onachadan ham bitta elektron yo’qotib +1 dan tashqari +2 barqaror oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Cu- qizil rangli bog’lanuvchan, yumshoq, issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi (bu jihatdan Ag dan keyin turadi).

Mis boshqa metallar bilan birga oson suyuqlanib, ko’pgina qotishmalarni hosil qiladi. Uning mashinasozlik va elektrotexnikada ko’p ishlatiladigan bronza (misning qalay bilan qotishmasi) va latun (misning rux bilan qotishmasi), ko’rinishi kumushga o’xshagan neyzilber (65%Cu, 20%Zn, 15%Ni), melxior (80%Cu, 20%Ni) va termoelementlarda ishlatiladigan konstantin (60%Cu, 40%Ni) va boshqa ko’pgina qotishmalari olingan. Misning ko’pgina miqdori (40% i) elektr simlari va kabellarni tayyorlashda ishlatiladi. Ro’zg’orda ishlatiladigan mis asboblarni zanglashdan saqlash uchun ularga qalay yugurtiriladi, bu esa odamni zaharlanishidan saqlaydi, chunki mis birikmalari zaharlidir.
Mis (I)-oksidCu2O tabiatda qizil tusli ruda yoki kuprit holida uchraydi. Mis tuzi eritmasiga ishqor va kuchli biror qaytaruvchi (formalin yoki uzum shakari) ni ta’sir ettirilsa, Cu2O hosil bo’ladi. Mis (I) tuzlari suvda erimaydigan rangsiz, kuchli qaytaruvchi moddadir.
Mis (II)-oksid CuO qora rangli qattiq modda, tabiatda uchraydi, laboratoriyada kukun yoki donador holida bo’ladi. Mis metalini, uning tuzlarini havoda qizdirish yoki parchalash yo’li bilan olinadi:
(CuOH)2CO3 = CuO +H2O +CO2
CuO salgina qizdirilsa, vodorod yoki ko’mir bilan qaytariladi:
CuO + H2 = Cu + H2O; CuO + C = Cu + CO
CuO kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi, ammo suv bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Mis (II)-gidroksidCu(OH)2 och ko’k rangli iviq cho’kma, kuchsiz asos, uni mis (II) tuzlariga ishqor ta’sirida olinadi:
CuSO4+ 2NaOH = Cu(OH)2↓ + Na2SO4
Mis (II) gidroksid (tuzlari ham) ammiakda erib tarkibida [Cu(NH3)4]2+ ion bo’lgan kompleks birikmalarni hosil qiladi.
Mis (II)-sulfatCuSO4∙5H2O mis kuporosi (yoki to’tiyoyi) misga havo ishtirokida H2SO4 ni ta’sir ettirib olinadi. CuSO4 ∙ 5H2O qizdirilsa, kristallizatsiya suvi yo’qoladi, natijada suvsiz oq kukun hosil bo’ladi. Bu tuz qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, misni rafinlashda, tibbiyotda, to’qimachilikda, bo’yoqchilikda ishlatiladi.
Cu + H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O
Mis (II)-xlorid CuCl2∙2H2O va mis (II)-nitrat Cu(NO3)2 ∙6H2O – suvda yaxshi eriydi, havodagi namni o’ziga tortadi, qizdirilsa suvni yo’qotib, jigar rangli CuCl2 ni hosil qiladi, Cu(NO3)2 esa oq kukundir.
Mis inson, hayvon va o’simlik uchun oz miqdordagi zarur element. Mis organizmda 10-3-10-4% bo’lib, oqsillar (gemokuperin, seruloplazmin, kuproprotein va boshqalar) va ayrim fermentlar tarkibida bo’ladi, shuningdek mis birikmalari gemoglobin va fosfolipidlarni sintezi uchun zarur bo’lib hisoblanadi.
Iskandariyaliklar misdan soxta “oltin” tangalar yasashgan. Eramizdan 330 yil oldin yashagan Aristotel misni “soxta oltin tanga bilan sof oltin ta’mi bilan bir-biridan farq qiladi” degan fikrni aytgan.
Mis qotishmasini ingliz kimyogari G. Devi analiz qilib, sirka kislotasida erib, och-yashil rangli bo’yoq hosil qilishini aniqlagan. Bu bo’yoqdan Rim imperatori Tita saroyini bo’yashda ishlatilgan.
Elektrotexnikada missiz qotishma yo’q. Rossiyada mis ibodatxonalarni bezashda ishlatilgan. Moskva markazidagi buyuk Ivan haykali misdan yasalgan. Mis-bioelementlar qatoriga kiradi. O’simliklar va tirik organizmlardagi kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish, o’sish va rivojlanishda katta ahamiyatga ega.
Mis dengiz molyuskalari, qisqichbaqasimonlari qoni tarkibidagi gemotsianitda uchraydi va nafas olish jarayonini boshqaradi. Shuning uchun ularning qoni havorangli bo’ladi.
Mis yuksak hayvonlar va odam organizmida buyrakning ish faoliyatida asosiy vazifani bajaradi. Har kungi ozuqa tarkibida 0,005 g mis bo’lishi talab etiladi. Undan kam miqdorda bo’lsa, kamqonlik kasalligi kelib chiqadi. Tabobatda mis o’sma kasalligini davolashda ishlatiladi.Misning ruxsat etilgan miqdoridan ko’pi zaharli hisoblanadi.Ko`pgina komplekslari olingan.
XX asrda mis xomashyosi tanqisligi masalasi ko’tarildi. Mis saqlovchi rudalar tarkibida 2 % mis tutuvchilar juda kam uchraydi. Misni erkin holda olish juda qiyin jarayon bo’lib, 99,9 % mis elektrolz usuli bilan olinadi. Qo’shimcha mahsulot sifatida oltin, kumush chiqadi.Cu fotosintezda o’simliklar tomonidan azotning o’zlashtirilishida qand, oqsil, kraxmal, vitaminlar sintezida ishtirok etadi, Cu ning barcha tuzlari zaharli. Cu un mahsulotlari, kartoshka, mevalar tarkibida bo’ladi, jigar va suyakda to’planadi.Cu bo’y o’sishi va organizm rivojlanishida yordam beradi, qon yaratish, to’qimalarning nafas olishida qatnashadi. Cu teri pigmentatsiyasida temirning o’zlashtirilishida katta rol o’ynaydi. Cu(NO3)2∙3H2O-mis buyumlarda sun’iy patina (sayqal) hosil qilishda ishlatiladi. Uning ayrim birikmalari misli bo’yoqlar ishlab chiqarishda muhim komponent.Mis birikmalari rangsiz gaz alangasini tiniq havorang yoki yashil rangga bo’yaydi.

