Kaliy
Kaliy o’simliklar o’sishi uchun zarur elementlardan biri kaliydir. U mineral o’g’itlar tarkibiga kiradi.Yer qobig’ida kaliy 2,5 % ni tashkil etadi. Tarqalishi bo’yicha 7-o’rinda turadi kaliy faqat birikma holida minerallarda, dengiz suvida, o’simlik va tirik organizmlarda uchraydi kaliy yer po’stlog’ining 1,1 % ini tashkil qiladi. Kaliyni N.S. Kurnakov va P.I. Preobrajeskiy tomonidan aniqlangan. Kaliy birikmalari inson hayotida ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, yurak muskullari va boshqa muskullarni harakatlanishida asosiy vazifani bajaradi.
Kaliyni erkin holda 1807 yilda ingliz kimyogari G. Devi elektroliz usuli bilan olgan. Arab olimlari ishqorlarni –“alkal” deb atashgan. 1881 yilda G. I. Ges tomonidan kaliy atamasi kiritilgan.
Fizik xossasi:Erkin holda kaliy –kumushsimon havo rangli tez eruvchan aktiv metall. Kaliy juda yengil suv sathida bemalol tura oladi (zichligi-0,862 gr/sm3) issiqlik va tokni yaxshi o’tkazadi, 63,550C da suyuqlanadi, yumshoq pichoq bilan kesiladi.
Kimyoviy xossasi:kaliy juda aktiv havoda alangalanib yonadi. Suv bilan oksidlanib yonadi, hatto suv bilan ta’sirlashganda portlashi ham mumkin, bunda katta issiqlik chiqadi natijada kuchli ishqor va vodorod hosil qiladi. 2K+2H2O=2KOH+H2
K ancha faol bo’lgani uchun barcha metllmaslar bilan oson ta’sirlashadi, suv bilan ta’sirlashganda. K havoda tez oksidlanadi shuning uchun kerosin ostida saqlanadi. K ning 2 ta izotopi bor:39K,41K va bitta radioaktiv 40K va sun’iy yo’l bilan olingan 42K izotopi bor. Shu tufayli ajralib chiqayotgan vodorod gazi suv ustidagi havo ishtirokida yonadi K alangani binafsha tusga kiritadi.

Ishlatilishi:Odatda kaliy tuz shaklida ishlatiladi. Kaliy organik reagentlar sintezida temir nikelli katalizatorlar aktivligini oshirishda ishlatiladi. Inson organizmining radioaktivligi 0,003 g kaliyning radioaktiv izotopiga bog’liq. 1 sekuntda 5000 ta radioaktiv kaliy izotopi parchalanadi. Barcha o`simliklar normal rivojlanishi uchun tuproq tarkibida qator elementlar bo`lishi zarur. Ularning biri kaliy hisoblanadi. Tuproqdan kaliy o`simlikka o`tadi, hosilni yig`ishtirishda don, boshoq va ildizlari bilan daladagi tuproqdan olinadi. Shuning uchun asta-sekinlik bilan tuproqda kaliy miqdori kamayib boradi. Natijada “o`simlikni kaliysizlanish” xavfi tug`iladi hamda hosildorlik tez pasayadi. Kaliysizlanishning oldini olish maqsadida tuproqqa kaliyli o`g`itlar solinish zarur. Ammo uni qayerdan olish mumkin?Garchi yer qobig`ining 1,1% ni kaliy atomlarini tashkil qisada, uning joylashgan joylarini olimlar ko`p qidirganlar.Buyuk kimyogar Nikolay Semenovich Kurnakov geologog olim P.I.Preobratenskiy bilan Rossiya hududidagi dengiz tuzlari va minerallari manbalarini hamkorlikda o`rganib Solikamsk- katta hajmli kaliy manbaini aniqlaganlar. Hozir respublikamizda ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Kelajakda Surxandaryo viloyatining Dehqonobod tumanida ham kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Kaliy faqat o`g`it sifatida emas, balki har bir organizm va insonning to`qimalari asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Boshqa elementlarni kaliy bilan aniq nisbati muskullar, eng muhimi yurak muskullarining normal faoliyati ta’minlaydi. Bundan tashqari kaliy insonning amaliy faoliyatida muhim o`rni bor. Masalan, xrompik-kaliy tuzisiz pyavzal uchun yaxshi teri tayyorlab bo`lmaydi. “O`yuvchi kaliy”-kaliy ishqori kimyo, farmatsevtika va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun zarur modda. Undan suyuq sovun olinadi, ko`p miqdori esa temir nikelli ishqorli akkumlyatorlar tayyorlash uchun sarflanadi.K tuproq hosildorligini oshiribgina qolmay, balki yer shariga issiqlik ham beradi.Kaliyning xlor va kislorodli birikmasi kaliy xlorat, yoki ko`pincha bertole tuzi deb ataladi.76% kaliy va 24% natriydan tashkil topgan suyuq qotishma barcha qotishmalardan farq qilib, -12o C da qotadi. Bu qotishma organik birikmalar sintezida qo`llaniladi. K metalli qizdirilganda ular elektronini oson yo’qotishidan foydalanib fotoelementlar tayyorlashda ishlatiladi. Kaliy ioni-K+ ko’pchilik o’simliklar, dukkakli ekinlar uchun zarur mikroelementdir. K-ioni inson organizmi uchun ham zarur element asab retseptorlarida biologik muhim iondir.

