Pt-platina.

Kashf etilishi: E. Kortes boshchiligidagi bosqinchilari XVIIasrda Amerikadagi asteklar davlatini batamom tor-mor qilib, Platina-del-Pino Kolumbiya daryosi qirg’oqlarida yangi metallni topishgan.

Platina so’zi ispancha “plato” so’zidan olingan bo’lib, kumush kumushdek yaltiroq ma’nosini anglatadi.

Tabiatda uchrashi: Tug’ma platina Jamubiy Amerika (Braziliya, Kolumbiya) va Janubiy Afrika da topilgan. 1892 yilda Ural tog’ida konlari aniqlangan.

Fizik xossasi:zichligi 21,5 gr/sm3, suyuqlanish temperaturasi 17740C, tqayn.=43000C.  Kulrang oq, kubik kristallaridan iborat metal. Bir hajm platina 4500C da 70 hajm kislorod yutadi.

Kimyoviy xossasi:Pt kimyoviy jihatdan haddan tashqari barqaror, yuqori haroratda ham boshqa moddalar bilan ta’sirlashmaydi.havoda hatto juda qattiq qizdirilganda ham o’zgarmaydi.Kislotalar platinaga ta’sir etmaydi. Pt faqat zar suvidagina, ammo oltinga qaraganda qiyinroq eriydi. Platina zar suvida erib geksaxlorplatinat kislotani hosil qiladi:

3Pt+18HCl+4HNO3=3H2[PtCl6]+4NO+8H2O

 Ko’rkamligi, turli kimyoviy reogentlarga chidamliligi, suyuqlanish haroratining yuqoriligi uchun  platina  va uning yo’ldoshlari, shuningdek ularga o’xshash bo’lgan  oltin  va kumush  asl metallar nomini  olgan.

Olinishi:platina rudaraidan zar suvi yordami bilan ajratib olinadi.

Ishlatilishi: Kimyo sanoatida juda yuqori baholanadigan ushbu metal ko’proq zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatib kelinadi.Bir gramm platina olish uchun bir vagon rudani qayta ishlash lozim.

Oltinga pardoz berishda ham platinadan foydalaniladi. Hozirda taqinchoqlar, orden, medallar tayyorlashda foydalanilmoqda.

Kimyoviy jihatdan platina qiyin suyuqlanadigan va kimyoviy ta’sirlarga chidamli bo’lganligi uchun undan kimyoviy idishlar-tigellar, kosachalar, qisqichlarning uchlari, gorelka uchliklari, analiz uchun elektrodlar tayyorlanadi.Shishani sirtiga yupqa platina qoplamasi yopishtirilsa, ko’zgu hosil bo’ladi. Bu oyna biz bilgan oddiy ko’zgudan farq qilib, yorug’lik tushgan tomondan qaralganda jism aksini ko’rsak, orqa tomonidan qaralganda esa toza shisha singari barcha narsalarni ko’rish mumkin bo’ladi. Zamonaviy qurulishda shunday oynalar binolarning birinchi qavatida parda-ekran sifatida foydalaniladi. 

         Oxirgi o’n yillkida platinaning narxi qimmatlashdi.Bu metalldan foydalanib avtomobildan ajralib chiqayotgan is gazlarini katalitik yoqib yuborishda keng foydalana boshlandi.Yaponiya avtokontsernlari amalga oshirayotgan ishlar natijasida Tokio eng ekologik shaharlardan biriga aylandi.Kimyoviy jarayon reaksiya tenglamasi:

2CO+2NO            Pt, Pd         2CO2+N2

Haroratni o’lchashda qo’llaniladigan termometrlarda platina iridiy bilan birga katta rol o’ynaydi.Platinaning harorat ko’tarilishiga qat’iy bog’liq bo’lgan elektr qarshiligining  ortib borish xossasiga asoslangan birikma qarshilik termometri deb atalgan asbob tayyorlashda qo’llaniladi.Agar platina simchasi qarshilikni o’lchovchi asbobga ulansa, harorat o’zgarishini aniq qayd etish mumkin bo’ladi.

 Platina gazlarni yutishdek ajoyib xossaga ega. Ammiakni oksidlab, nitrat kislota olish jarayonida Pt katalizatorlik vazifasini bajaradi.Ammiak va havo aralshmasi juda mayda teshikchalari bo’lgan ipakday mayin to’qilgan platina to’ri orqali shiddatli bo’ron tezligida o’tkaziladi.Hosil bo’lgan NO2 ga suv qo’shib HNO3 linadi.1917 yili I.Andreyev loyihasi asosida platina to’ri orqali ammiak oksidlanib, HNO3 nitrat kislota hosil qiladigan zavod Donbassda ishga tushirildi.

 Uning nisbiy atom massasi 195,09 , yadro zaryadi esa +78 ga teng . 

 Platina metali  yerda sof holda  oltinga qaraganda ko’proq uchrashiga  qaramay qadimda  kumush va oltin kabi unchalik ma’lum bo’lmagan, chunki platina metali  turli ruda  va minerallar tarkibida  tarqoq holda  uchrar edi . To’g’ri,  platinaning qadimda qo’llanilganligi haqida ma’lumotlar bor . ammo u 1748 yildagina ishonchli  qilib ta’riflandi , uning ispanchadan aynan tarjimasi  “kumushchani” anglatadi. Platina zargarlikda bezak va sanoatda katalizator sifatida ishlatiladi.

Birikmalari:

H2[PtCl6]-platinaning zar suvida erishidan gesaxlorplatinat kislota hosil bo’ladi; bu kislota eritma bug’latilganda H2[PtCl6]∙6H2O tarkibli qizg’ish-qo’ng’ir kristallar holida ajralib qoladi.Bu modda platinaning sotiladigan odatdagi preparatidir.Bu kislotaning kaliyli tuzi kaliyning eng qiyin eruvchan tuzlaridan biridir.Shu sababli, kaliyni topish uchun qilinadigan kimyoviy analizlarda ana shu tuzning hosil bo’lishidan foydalaniladi.H2[PtCl6] xlor oqimida 3600C gacha qizdirilsa, bu modda ajralib, HCl chiqaradi va platina (VI)-oksid PtCl4   hosil bo’ladi.Agar geksoxlorplatinat kislotaning eritmasiga ishqor quyilsa, qo’ng’ir cho’kma Pt(OH)4 hosil bo’ladi. Bu modda platinat kislota deb ataladi, chunki u mo’l ishqorda eritilsa, tuz hosil qiladi.

          Platina (II)-xlorid-PtCl2– kukunga aylantirilgan platina ustidan xlor o’tkazilganda hosil bo’ladi.  PtCl2 yashilroq tusga ega bo’lib, suvda erimaydi.

Ikki valentli platina ko’pdan-ko’p kompleks tuzlar hosil qiladi.Ulardan eng muhimlari tetrasianoplatinat kislota H2[Pt(CN)4] ning tuzlaridir.Bu kislotaning bariyli tuzi Ba [Pt(CN)4] ga ultrabinafsha nurlar va rengen nurlari ta’sir ettirilsa, u ravshan fluoressensilanadi va rengenoskopiyada fluoressensilanuvchi ekranlarga yurirish uchun ishlatiladi.

PtO2–  to’q  qizg’ish-qoramtir  tusli  kristall,  suvda, kislotalarda  erimaydi.  Termik  beqaror, 200 °C dan  yuqori temperaturada  parchalanadi.  Bu  oksid  Pt(OH )2  ni  termik parchalab olinadi.

Pt(OH)2 — qora rangli cho’kma,  suvda erimaydi,  kislotalar ta’siriga  chidamli,  suyuqlantirilgan  ishqorlar  bilan qisman reaksiyaga kirishadi.

Pt(OH)4 —to’q-qo’ng’ir  rangli  cho’kma,  suvda  erimaydi, amfoter xossaga ega. Kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, anion kompleks birikmalar hosil qiladi:

Pt(OH)4 +6HCl =  H2[PtCl6] +4H2O

Pt(OH)4 + 2NaOH = Na2[Pt(OH)6]

PtCl2—qo’ng’ir-yashil tusli kristall, 550 °C da parchalanadi, suvda va organik  erituvchilarda erimaydi.  Yuqori  temperaturada platinaga xlor ta’sir  ettirib yoki   H2[PtCl6] • 6H2O ni termik parchalab hosil qilinadi. Organik moddalarni sintez qilishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Ikki valentli platina ko’pdan-ko’p kompleks tuzlar hosil qiladi.Ulardan eng muhimlari tetrasianoplatinat kislota H2[Pt(CN)4] ning tuzlaridir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan