Li-litiy.
Kashf qilinishi: Litiyni 1817 yilda shved kimyogari A. Arfvedson petalit LiAl[Si4O10] mineralini analiz qilish vaqtida kashf etgan. Bu mineral ko’rinishi jihatidan xuddi oddiy toshning o’zginasi, shuning uchun bu metallga grekcha “litos” –“tosh” degan nom berilgan.Toza litiy R.Bunzen tomonidan olingan.

Tabiatda uchrashi: Litiy yer qobig’ining og’irlik jihatidan 3,2∙ 10-3 % ini tashkil qiladi. Litiyning 30 ga yaqin minerali bo’lib, ulardan 5 tasi sanoat ahamiyatiga ega. Litiy birikmalari Kanada, AQSh, Afrika, Qozog`iston, Markaziy Osiyoda uchraydi.Litiy tabiatda faqat bog’langan holda uchraydi.U tarqoq element bo’lgani uchun konlar hosil qilmaydi. Litiy kamroq tarqalgan bo`lib, mineral suvlar tarkibida, tuproqda, ba’zi o`simliklar lavlagi va tamaki kulida 0,5% gacha uchraydi. Li tarqoq element tabiatda birikma holida uchraydi, Li aktiv metal bo’lgani uchun spodumen-LiAl(SiO3)2, amblikonit-LiAl(PO4)F holida uchraydi.Yengil metall bo’lgani uchun petroleyin ostida saqlanadi, hatto benzindaham qalqib chiqadi.
Fizik xossasi:Litiy metallurgiyada qo`llaniladi.Litiy metallar orasida eng yengil bo’lib, suvdan qariyb ikki marta yengil. Litiy kumushrang oq-yengil metall (alyuminiyga qaraganda 5 baravar yengil). Litiy yumshoq, pichoq bilan kesiladi.
Kimyoviy xossasi: Havoda kislorod bilan birikib tez xiralashadi.Litiy kaliy yoki natriyga nisbatan suv bilan kuchsiz reaksiyaga kirishib, LiOH ishqorni hosil qiladi. Bunda u kaliyning suv bilan ta’sir etishidek alangalanmaydi. Lekin litiy uglerod va vodorod bilan boshqa ishqoriy metallarga nisbatan oson ta’sirlashadi. Atomning tashqi elektron qavatida 1 ta elektron bor. Bu elektronni oson uzatadi, lekin qabul qilmaydi. Litiy havo bilan, suv bilan tezlikda ta’sirlashadi. U kislorod, azot, oltingugurt bilan birikadi. Litiyning ayrim tuzlari qo’shni guruhdagi metallarning xuddi shunday tuzlaridan farq qilib, suvda yomon eriydi.1800C da havoda yonadi va oq rangli litiy oksid hosil qiladi Li ning o’ziga xos xususiyati uning uy haroratida azot bilan reaksiyasidir: 6Li+N2=2Li3N litiy galogenlar, C, H, S bilan oson ta’sirlashadi.
Litiy erkin holatda juda yengil, hatto benzinga ham botmaydigan kumushsimon – oq metall. Litiy juda aktiv metall. U odatdagi sharoitdayoq kislorod va azot bilan birikib Li2O va Li3N hosil qiladi. Shu xossaga ko’ra undan inert gazlarni tozalashda foydalaniladi.
Litiyning bu nitridi suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi

Litiy 200°C dan yuqori haroratda yonib ketadi. Litiy kislotalarning suyultirilgan eritmalarida yaxshi, konsentrlangan sulfat kislotada esa sekin eriydi; konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida shiddat bilan oksidlanadi, hatto suyuqlanib yonib ketishi ham mumkin.
Olinishi :Li asosan LiCl-KCl evtektik aralashmasini elektroliz qilish bilan olinadi:
LiCl=Li+Cl2
Hozirgi vaqtda litiy ikki usul bilan olinadi.
Birinchi usul: kaliy xlorid bilan litiy xlorid (1:1 nisbatda) qotishmasini 450o-500°C da suyuqlantirib elektroliz qilishdan iborat. Suyuqlantirilgan tuzlarni elektroliz qilish ancha qiyin bo’lgani uchun keyingi vaqtlarda litiy bromid bilan alyuminiy bromid aralashmasi nitrobenzolda yoki piridinda eritilib elektroliz qilinadigan bo’ldi. Bunda litiy katodda ajralib chiqadi, alyuminiy esa kompleks birikma holida eritmada qoladi.
Ikkinchi usul: keyingi vaqtda vakuum texnikasining rivojlanishi natijasida metallarni olishda yangi vakuum-metallurgiya yuzaga keldi. Bu usulda litiy oksid bilan ohak aralashmasi alyuminiy yoki ferrosilisiy ta’sirida qaytariladi: 2Li2O + 2CaO + Si → 4Li + Ca2SiO3
