Alyuminiy AI
1827 yil nems kimyogari, ma’lumoti vrach bo`lgan Fridrix Veler kimyoviy birikma tarkibidan kulrang kukun sifatidagi, kirganda metall yaltiroqligini beradigan metallni olgan edi. Veler 18 yil tinmay ishlab 1845 yil tashqi ko`rinishi kumushga o`xshash, undan 4 marta, misdan 3,5 marta, temirdan 3 marta yengil ekanligini muvafaqiyatli hal qildi.
Bu tajribalarida xomashyo sifatida tanish achchiqtosh (lotincha- “alyumen”) ni qo`lladi va hosil bo`lgan metallni alyuminiy deb atadi. Alyuminiy ajratib olishdagi mashaqqatlar uni dastlabki paytda oltindan o`sha paytlarda 80 rubl qimmat baholashga to`g`ri kelgan. Alyuminiyning nomi lotincha Aluminimum-achchiqtosh so’zidan olingan

Alyumniy birikmalar ko’rinishida (achchiqtoshlar) juda qadimdan ma’lum. Alyuminiy erkin holda birinchi marta 1825 yilda (Ernsted, daniya) alyuminiy xloridni amalgama holida olingan kaliy bilan qaytarib olingan (biroq alyuminiyni olishni noto’g’ri isbotlangan). 1827 yilda bu reaksiya uchun toza kaliydan foydalanib toza alyuminiy ajratilgan (Vyoler, Germaniya).

Alyuminiy metallar orasida tabiatda eng ko’p tarqalgan elementlardan biri (8,8%) bo’lib, kislorod va kremniydan keyin 3-chi o’rinda turadi. Metallar ichida birinchi o’rinni egallaydi. Shunday qilib, alyuminiy metallar orasida eng ko’p tarqalgan hisoblanadi. Hamisha bog’langan holda, asosan, har xil alyumosilikatlar holiday uchraydi.
Alyuminiy qimmatbaho metallar qatoridan o`rin olib zargarlik buyumlari tayyorlangan.
Napaleon III alyuminiy yengil bo`lganligi uchun askarlarning metall qalqonlarini undan tayyorlatishni orzu qilgan. Taniqli fransuz kimyogari Sen-Kler-Devilloga cheklanmagan mablag` evaziga katta miqdor alyuminiyni olishni topshiradi, ammo bu olim alyuminiyni nihoyat qimmatga tushadigan ajratish usulini topadi. Napaleon III o`z orzusini faqat imperatorni qo`riqlaydigan oz sonli ofitserlar uchun yasaladigan qalqonlarga qo`lladi, xolos.
Vaqt o`tishi bilan alyuminiyni olish takomillashib borsada uning narxi oltindan taxminan 2,5 marta arzonlashadi, ammo zargarlikda qo`llanish davom etaverdi. Hatto 1889 yil rus olimi D.I. Mendeleyev Londonga borganida kimyo taraqqiyotida xizmatlarini taqdirlab, mahsur qimmatbaho sovg`a sifatida oltin va alyuminiydan tayyorlanilgan torozini berishadi.
Oradan 30 yil o`tgach, ikki yosh yigit, amerikalik Charlz Martin Xoll va fransuz injeneri Eru, bir-biridan xabarsiz, holda alyuminyni bir xil olish usulini kashf qilganlar. Alyuminiyni olishning bu yangi usuli tozalangan kriolitning suyuqlantirilgan holatidan elektr toki yordamida ajratib olishga asoslangan edi. Alyuminy oksid yoki glinozem ko`p minerallar va mahsulotlar tarkibiga kiradi. Ularning ko`p tarqalganlari dala shpatlari (albit, anortir, boksit, ortoklaz va boshqalar), turli tuman loylar, ular orasida eng tozasi kaolin hisoblanadi.
Alyuminy olishning elektrolitik usuli ko`p energiya talab qiladi (1 t alyuminy olishga 20000 kvt/soat). Shuning uchun elektr energiyasi arzon joylarda bu zavodlar qurilgan. Masalan, Neytgauzen (Shvetsariya)da Reyn sharsharasida elektrolitik usulda alyumin olinadigan birinchi zavod faoliyatini boshlagan.
Shundan boshlab, o`zining almashtirib bo`lmaydigan yaxshi xossalari tufayli alyuminy texnikada qo`llanila boshlagan.
Alyuminiy qotishmalaridan korroziyaga turg`un, issiqlikka chidamli sisternalar, avtomashina dvigatellari, porshenlari (alyuminy +13% kremniyli qotishma) tayyorlaniladi.
Yangi texnikalar paydo bo`lishi alyuminiy va uning birikmalarini sputniklarda, kemalarda va boshqa maqsadlarda foydalanishga olib keldi. Alyuminiyda korpuslar, trubkalar hatto mebellar ham tayyorlaniladi. Hozir “Akva” nomi bilan tayyorlanayotgan romlar va eshiklar qurilishda keng foydalanilmoqda. Alyuminiyga 100-150oC da oson ishlov berilganligi sababli 0,01 mm qalinlikda falga va elektr kondensatorlari taryorlashda ishlatiladi.
Alyuminiyning kukuni yonuvchi va portlovchi aralashmalar, havo ta’siriga chidamli kumushsimon bo`yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Uning dag`al kukunlari algometrmiyada (1859 yil kashf qilingan) qo`llaniladi. Undan “termit” tayyorlaniladi. (alyuminiy va temir oksidlari aralashmasi).
Alyuminiy oksidi -tabiiy mineral korund deb ataladi va qattiq bo`lganligi uchun sayqal berish toshlari yasaladi. Uni maydalab najdak ( jilvir) qog`ozlari tayyorlanadi. Bu maqsadda boksiddan olingan, texnikada alezid deb ataladigan alyuminy oksidi ham qo`llaniladi.
Alyuminiy tabiatda al’bit, anortit, ortoklaz, tuproqning har xil turlari tarkibiga kiradi.
Kriolit noyob mineral bo’lib, alyuminiy ftorid va natriy ftoriddan iborat. Alyuminiyni elektr tokida olish katta energiya talab etadi. Bu energiya suvdan olinadi . 1 marta alyuminiyni elektr toki yordamida olish Evropaning Reyn daryosi yonida zavod ishga tushirilgan.
Elektrotexnika sanoatida alyuminiy mis bilan yonma- yon turadi. Mashinalarning porsheni alyuminiy qotishmasidan yasaladi.
Alyuminiydan yasalgan materiallar korroziyaga chidamli bo’lib, kontsentrlangan peroksid saqlovchi sisternalar tayyorlangan. Alyuminiy 100-150◦ C yumshaydi , undan qalinligi 0,05 mm li fol’galar yasash mumkin. Fol’galar kondensator sifatida foydalaniladi.
Alyuminiy kukuni portlovchi moddalar tayyorlashda , kumushsimon bo’yoqlar olishda ishlatiladi. Yirik bo’laklaridan alyuminotermiyada foydalaniladi. Alyuminotermiya metall oksidlarini yuqori temperaturada alyuminiy bilan qaytarishga asoslangan.
Tibbiyotda ishlatilishi. Alyuminiy birikmalari tibbiyotda ishlatiladi. Alyuminiy gidroksidi adsorbsiya qiluvchi va o‘rovchi material. Uni surtmalar tayyorlashda, o’tkir va surunkali oshqozon yaralarini davolashda, shuningdek oshqozonni kislotaligi ortib ketganda tavsiya etiladi. U almagel preparati tarkibiga kiradi.
Kaliy alyuminiyli kvas –KAl(SO4)2·12H2O tashqaridan qon to‘xtatish uchun ishlatiladi. Alyuminiyning farmakologik ta‘siri Al3+ ioning oqsillar (proteinlar) bilan gel hosil qilib cho‘kadigan komplekslar hosil qilishiga asoslangan. Bu mikrob to‘qimalarining cho‘kishiga va yallig‘lanish jarayoning kamayishiga olib keladi.
Alyuminiy haqli ravishda galliy gruppasiga ham skandiy gruppasiga ham boshlang’ich (bosh) element deb hisoblash mumkin. Buni galliy guruhchasi va skandiy guruhchasi elementlarining oksidlari va galogenidlarning hosil bo’lish entalpiyalarning o’zgarish xarakterli alyuminiynikiga o’xshaganligidan bilish mumkin.
Alyuminiy oksidining hosil bo’lish entalpiyasi galley va uning analoglaridan keskin farq qiladi. Nihoyat, ikkinchi tipik elementlar alyuminiy va kremniyda gorizantal o’xshashlik kuzatiladi. Bu yer qobig’ida ko’p tarqalgan alyumosilikatlarda yorqin nomoyon bo’ladi. Bularga dala shtatlari-yer qobig’i massasini yarmidan ko’pini tashkil qiladi, tuproqli minerallar, slyudalar va boshqalar.
Alyumosilikatlarda- kremniy kislorodli [SiO4]4- temperaturalarining bir qismi, alyumokislorodli [AlO4]5- tertaedrlarga almashgan. Bunday almashinishda yuzaga keladigan ortiqcha manfiy zaryadlar Na+ va K+ ionlari bilan konpensasiyalanadi va alyumosilikatlarni elektroneytralligi saqlanadi.
Alyuminiy minerallari:
Silikatlari dala shpatlarida (granitlarda, korfidlarda, bazaltlarda, gneyslarda slanneslarda) uchraydi.
Slyudalar gil tuproqlar silikatlar tog’ jinslari va minerallarning nurash mahsulotlari
Kaolin toza gil tuproq
Mergel va suglinkalar notoza gil tuproq
Gidroksidlari har xil tarkibli bokistlar: Al2O3, H2O, Al(OH)3, AlO(OH), Al2O(OH)4
Alyuminiyning olinishi. Sanoat usulida (1886 yildan)-qumtuproq va kriolit aralashmasi suyuqlanmasini elektroliz qilishdir.
Kriolit suyuqlanmasida 10% gacha Al2O3 eriydi. Eritma suyuqlanma 950oC, da 6-7B kuchlanishda, 15-30 kA tok kuchida elektroliz qilinadi. Elektrolizda quyidagi jarayon sodir bo’ladi:
Kriolit suyuqlanganda dissosiyalanadi:
Al2O3-dissosiyalanadi:
Katodda: Al3-+3e-=-Al0
Anodda: 3O2—6e-=3O
Anod ko’mirdan yasalgan va suyuqlanma temparaturasi 950oC bo’lganligi uchun anodda O2 bilan birga anodning oksidlanish natijasida CO va CO2 gazlar aralashmasi ham hosil bo’ladi:
3O=2C=CO↑+CO2↑
Katod rolini elektrolizyorni tubiga futerovka (qoplagan) qilingan grafit bajaradi. Suyuqlangan alyuminiy apparat tubida to’planadi va har 2 kunda 1 t miqdorda alyuminy chqarib olinadi. Bu usulda olingan alyuminiyni tozaligi 99,75% bo’ladi, zaruratbo\lganda rafinirlash yo’li bilan tozalanadi. Tozalangan metalda 99,99% alyuminiy bo’ladi.
Alyuminiyning fizikaviy xossalar. Kumushdek oq yaltiroq yengil metalL, uning sirtidagi silliqlik havodagi kislorod ta’sirida yuqoladi, chunki xira oksid pardasi hosil bo’ladi, oksidlangan sirtida uning yaltiroqligi saqlanadi.
Alyuminiy-yumshoq va bog’lanuvchan undan juda yupqa parda olish mumkin (alyuminiyli folga). U elektr tokini juda yaxshi o’tkazadi (uning elektr o’tkazuvchanligi misga nisbatan-62%), chug’ holigacha qizdirilganda suyuqlanadi.
Alyuminiyning kimyoviy xossalari. Alyuminiy kimyoviy aktiv (havoda himoyolovchi oksid pardasi bilan qoplanadi).
Faqat himoyolovchi pardaning elektr va mexanik barqarorligi tufayli odatdagi sharoitda alyuminiy o’zini ancha inert tutadi. Oksid pardasidan tozalangan alyuminiyning aktivligi yuqori. Alyuminiy V va VII guruh elementlari bilan yuqori temperaturada ta’sirlashadi. Yoddan boshqa galogenlar bilan alyuminiy odatdagi sharoitda birikadi. Katalizator sifatida suv ishtirokida yod bilan ham oson birikadi. Alyuminiy vodorod bilan to’g’ridan-to’g’ri birikmaydi, ammo lekin vodorod unda eriydi. Alyuminiy odatdagi sharoitda suv bilan ta’sirlashmaydi, biroq ishqor eritmalarida yaxshi eriydi.
2Al +2NaOH +6H2O =2Na[Al(OH)4] +3H2↑
Alyuminiy oksidi va gidroksidining amfoterligi
Al2O3 xarakterli oksid, alyuminiyning eng muhim kimyoviy birikmasi bo’lib hisoblanadi. Al2O3 oq juda isiqqa chidamli modda (tc=2953oC, tk=3000oC). Toza Al2O3 achchiq toshlarni termik parchalab olinadi:
2NH4Al(SO4)2 = Al2O3 + SO3 + H2O
yoki 600-800oC da Al(OH)3-qizdirib olinadi:
Bu holda γ-Al2O3 olinadi, u 900oC da monotrop (monotrop aylanish-bir modifikasiyadan boshqasiga qaytmas fazoviy o’tish) aylanish bilan γ-Al2O3 ga o’tadi. γ- Al2O3 korund yoki rubin ko’rinishida tabiatda uchraydi, uni sun’iy usulda ham olinadi.
Sanoat miqyosida alyuminiy oksidi boksit (Al2O3∙nH2O), nefelin kaolindan olinadi.Korund (qumtuproq) Al2O3 jilvir notoza korund, aralashmalar hisobiga rangli korund (qimmat baho toshlar) qizil rubin (0,3% Cr2O3 ) ko’k sampfir(0,2 Ti2O3 va Fe2O3 izlari), sariq topaz, rangsiz leykosaprif. Alyuminiy oksidining gidrat shaklida Al2O3∙nH2O-boksit, kremniy, temir, titan oksidlari aralashmasi bo’ladi. Minerologik shakllari bo’yicha Al2O3. 3H2O-gidraligit va Al2O3∙nH2O-diasperlar farqlnadi. Alyuminiyning madanlari ichida boskit eng ahamiyatli bo’lib, unda 50% dan ko’proq Al2O3 bo’ladi. Ftorid holiday- kriolit Na3[AlF6]. Al2O3-glinozem. Al2O3 bir necha allotropik shakl o‘zgarishlarga ega.
Uy temperaturasida alyuminiy oksidi amalda elektr tokini o’tkazmaydi va dielektrik 1000oC dan yuqorida sezilarli darajada elektr tokini o’tkaza boshlaydi va yarim o’tkazgich xossasini namoyon qiladi. Temperaturani ortishi bilan elektr o’tkazuvchanligi ortib boradi, bu sharoitda Al2O3 o’zidan kislorod chiqarishi natijasida stixiometrik tarkibi buziladi. Bu esa unda elektron o’tkazuvchanlikka olib keladi.
Kimyoviy jihatdan Al2O3 ancha inert faqat γ- Al2O3 ni komyoviy aktivligi ancha yuqori. Shuni esda tutish lozimki, alyuminiy metallik amfoter xosaa ega bo’lganligi uchun uning oksidi (Al2O3) va gidroksidi Al(OH)3 lar ham amfoter xossaga ega. Shu sababli Al2O3 kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishadi:
Al2O3 +6HCl = 2AlCl3 + 3H2O
Al2O3 + 6NaOH = 2Na3AlO3 + 3H2
Alyuminiy oksidini asosiy ishlatilish sohasi alyuminiy ishlab chiqarish sanoatidir. Metall sirtini yaltiratishda pol yuvuvchi kukun, katalizator, xromatografiyada adsorbent, abraziv material. Al2O3-monokristallari qimmatbaho tosh, zargarlikda, soatsozlikda ko’p ishlatiladi.
Alyuminiy va azot asosida juda qiziq birikmalar mavjud. Tarkibi jihatdan bu birikmalar uglevodorodlarga o‘xshab ketadi:
CH3-CH3 CH2=CH2 CH≡CH C6H6
NH3-AlH3 NH2=AlH2 NH≡AlH N3Al3H6
Alozan alozen alozin alazol
Alyuminiyning kompleks birikmalari. Eritmada alyuminiy ioni akva komplekslar hosil qiladi(Al(H2O)63+).Qiyin eriydigan ftoridli komplekslar keng tarqalgan: Na3[AlF6], Na2[AlF5],Na[AlF4]. Tarkibida xlor,brom va iod ionlari tutgan komplekslarning eruvchanligi yaxshi: K[AlCl4], K[AlBr4], K[AlI4].AlH3 ni asosli gidridlar ta‘siridan tetragidridialyuminatlar hosil bo‘ladi:
LiH+AlH3=Li[AlH4]
Bunday birikmalar kristall tuzilishga ega, oq rangli moddalar, ular organik kimyoda katalizatorlar sifatida ishlatiladi.
Al(CH3COO)3–birikmasi 8 % li eritma holatida “Burov suyuqligi” deyiladi va tibbiyotda ishlatiladi.
Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiyga qo’shimchalar qo’shilganda uning qattiqligi ortadi, ammo korroziyaga chidamliligi pasayadi. Odatda alyuminiyli qotishmalarda 90% dan ortiqroq asosiy metall bo’ladi. Eng muhim legirlovchi qo’shimchalar: Cu, Mg, Si, Mn hamda Ni va Zn bo’ladi. Deformasiyalanadigan va quyma qotishmalar farqlanadi. Oxirgisida 10% Si bo’ladi.
Alyumo. Magniy qotishmalar (5% gacha Mg) korroziyaga va dengiz suvlariga chidamli. Tarkibida miz va ozroq miqdorda magniy va boshqa qo’shimchalari bo’lgan alyuminiy qotishmalari mustahkam va juda qattiq. Ulardan ma’lum bo’lgan qotishma duralyumin (dyurol, dyuroliyuminiy 5% gacha mis, 2% gacha Mg).
Alyuminiy bronzalar. 5-10% Al va Cu asosidagi qotishmalar sariq rangli, korroziyaga va dengiz suviga chidamli undan konstruksion materiallar, mayday almashinish tangalari chekanka qilinadi va kukun holiday buyoqlarga pigment sifatida foydalaniladi.
Alyuminiyning ishlatilishi. Qotishmalar ko’rinishida konstruksion material, ayniqsa, samolyotsozlikda va kemasozlikda keng qo’llaniladi. Maxsus toza alyuminniy elektrotexnikada o’tkazgich. Har xil apparatlarning detallarini yasashda uy-ro’zg’or buyumlari olishda, kukun temrit kavrashlashda, alyumotermiya usuli bilan ko’pgina metallarni olishda, alyuminiy –organik katalizatorning sintez qilishda, penobeton olishda (ishqorli beton qorishmasiga alyuminiy kukni solinganda vodorod ajralib chiqishi hisobiga g’ovak yengil peneboton hosil bo’ladi), protexnikada, buyoqlarga pigment sifatida, alyuminiy va polivinal xlorid asosida zamonaviy ramkalar eshiklar, vitrajlar tayyorlashda keng ishlatiladi.
Kukun holidagi alyuminiy va Fe2O3 va Fe3O4 aralashmasi termitli kavsharlashda foydalaniladi. Termit aralashmasi yoqilganda suyuq temir hosil bo’ladi va u metallarni kavsharlashni ta’minlaydi. Alyuminiy metallar ichida eng ko’p ishlatiladigan va juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan metaldir.
Al2O3 har xil ko’rinishda isiqlikka chidamli va obraziv material sifatida monokristall holiday qimmatbaho tosh, soatsozlikda ko’p ishlatiladi.
Alyuminiy gidridi raketalarda qattiq yoqilg’i. organik sintezda qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Alyuminiyni fosfidi, arsenidi antimonida yarim lazerlarda ishlatiladi.

